508
Agar mamlakat faqat qandaydir bitta omil bilan yetarli darajada ta’minlangan bo’lsa,
bu mamlakatda shunday omil sig’imi katta bo’lgan tovarlarni ishlab chiqarish arzonga
tushadi. Bu mamlakat uchun ularni ishlab chiqarish va eksport qilish nisbatan foydali
hisoblanadi.
Xalqaro ixtisoslashuvning qonuniyatlarini yanada chuqurroq tushunish qiyosiy
xarajatlar tahlili asosida ko’p omilli andoza tuzishga olib keldiki, unda tovarlar
harakati bilan birga ishlab chiqarish omillarining davlatlararo erkin harakati
imkoniyatlari hisobga olindi. O’tkazilgan tadqiqotlarda nafaqat tarmoqlararo, balki
tarmoqlar ichida va mintaqa o’rtasidagi ixtisoslashuvning qonuniyatlari,
mamlakatning material, kapital, mehnat va fan sig’imli tovarlarga ixtisoslashuv
sabablari ochib berildi. Ixtisoslashuvga fan va texnika taraqqiyoti hamda texnologik
o’zgarishlar sur’ati va tavsifi ta’sirining xususiyatlari aniqlandi.
1954 yili amerikalik iqtisodchi V.Leontevning maqolasi e’lon qilinib, unda o’sha
davrda kapital ortiqchaligiga ega bo’lgan mamlakat hisoblanuvchi AQSH eksporti va
importida mehnat va kapital to’liq sarfining hisob-kitobi asosida Xeksher-Olin
nazariyasini tekshirishga urinib ko’rilgan. Bunda AQSH kapital sig’imi yuqori bo’lgan
tovarlarni eksport qilib, mehnat sig’imi yuqori bo’lgan tovarlarni esa import qilishi
taxmin qilinar edi. Natija teskari bo’lib chiqib,