506
javob topishga iqtisodiyot fani ilgaridan qiziqib kelgan. Jumladan, A.Smit xalqaro
mehnat taqsimoti masalasini tahlil qilib, qanday tovarlarni eksport qilish va qaysilarini
import qilish qulayligi to’g’risidagi o’z qarashlarini bayon qilish asosida «mutlaq
ustunlik» nazariyasini ilgari surgan. Mazkur nazariyaga ko’ra, A.Smit har bir
mamlakatning qandaydir mahsulot turini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvida bozorning
ahamiyatli rol o’ynashini ko’rsatib bergan.
Shu bilan birga, u mamlakatlar quyidagi
ikki ko’rinishdagi ustunlikka, ya’ni: 1) tabiiy, ya’ni iqlim sharoitining qulayligi, ba’zi
bir tabiiy resurslarning mavjudligi va shu kabi holatlar bilan shartlangan ustunlik; 2)
erishilgan, ya’ni mamlakatdagi ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi,
ishlab chiqarish texnologiyasi bilan shartlangan ustunlikka egaligini ta’kidlagan. Bu
ustunliklardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulot o’z
sifati jihatidan
yuqori va tannarxi jihatidan past darajada bo’ladi. Shunga ko’ra, mahsulotlarning
barcha turlari har bir mamlakat tomonidan ishlab chiqarilishi shart emas,
balki
ularning ba’zilarini ustunlikka ega bo’lgan mamlakatdan sotib olish samarali
hisoblanadi. Uni sotib olish mehnat sarflari esa mazkur mamlakatning o’zi uchun
ustun hisoblangan sohadagi mehnat orqali qoplanadi.
A.Smit nazariyasi bo’yicha har bir mamlakat o’zida
boshqalarga qaraganda
arzonga tushgan, ya’ni kam mehnat sarflangan tovarni eksport qilib, ularga nisbatan
ko’p sarf talab qiladigan tovarlarni import qilish foydalidir.