463
Oldingi mavzularda davlat, turli korxonalar, jismoniy va huquqiy shaxslarning
daromadlari va ularning shakllari haqida tushunchalar berilgan edi.
Ushbu mavzuda aholi daromadlarining iqtisodiy mazmuni, ularning tarkibi,
daromadlarning aholi turmush darajasiga ta’siri ko’rib chiqiladi. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida daromadlar tengsizligining asosiy sabablari o’rganiladi. Daromadlar
tengsizligi borasida bildirilgan fikrlar tahlil qilinib, tengsizlik va samaradorlik
o’rtasidagi nisbat ko’rsatib beriladi. Mavzu kambag’allik muammosi, aholi
daromadlarining yetarli darajasini ta’minlash bo’yicha davlat dasturlarini bayon etish
bilan yakunlanadi.
1. Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi
va uning ko’rsatkichlari
«Daromad» iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko’rsatkich bo’lib, u serqirra
va murakkab mazmunga ega hisoblanadi. Chunki, daromad bir vaqtning o’zida biron-
bir faoliyat natijasida olingan tushumni, pul mablag’larini, natural ko’rinishda olingan
mahsulotlarni, iqtisodiy resurslar keltiruvchi nafni va boshqa tushunchalarni ifodalashi
mumkin. Shuningdek, daromad umumiy tushuncha bo’lib, uning tarkibida aholi
daromadlari muhim o’rin tutadi.
Aholi daromadlari ma’lum vaqt oralig’ida (masalan, bir yilda) ular
tomonidan olingan pul va natural shakldagi tushumlar miqdorini anglatadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda aholi daromadlarining tarkibiy tuzilishi turlicha
ko’rsatiladi. Jumladan, V.I.Vidyapin va boshqalarning umumiy tahriri ostidagi
«Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida bu tarkibiy tuzilish quyidagi jadval ko’rinishida
keltirilgan (24.1-jadval).