davlat iqtisodiy
dasturlari
hisoblanadi. Uning vazifasi tartibga solishning barcha usuli va
vositalaridan kompleks foydalanishdan iborat.
Iqtisodiy dasturlar o’rta muddatli, favquloddagi va maqsadli bo’lishi mumkin.
O’rta muddatli umumiqtisodiy dasturlar odatda besh yilga tuziladi. Favquloddagi
dasturlar tig’iz vaziyatlarda, masalan, inqiroz, ommaviy ishsizlik va kuchli inflyatsiya
sharoitlarida ishlab chiqilib, qisqa muddatli xususiyatga ega bo’ladi. Maqsadli
dasturlarning ob’ekti tarmoqlar, mintaqalar, ijtimoiy sohalar va ilmiy tadqiqotlarning
har xil yo’nalishlari bo’lishi mumkin.
Masalan, mamlakatimizda 2006-2008 yillarda mahalliy xomashyo negizida
tayyor
mahsulot,
butlovchi
buyumlar
va
materiallar
ishlab
chikarishni
mahalliylashtirish dasturi qabul qilingan bo’lib, uning asosiy maqsadi iqtisodiyotning
jadal va barqaror rivojlanishini ta’minlash, uning tashqi omillarga bog’liqligini
kamaytirish, ishlab chiqarish jarayonlariga yangi, samarali texnologiyalarni tatbiq
qilishni jadallashtirish, mahalliy xomashyo va ishlab chiqarish resurslaridan keng
foydalanish, shuning asosida zamonaviy raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni
ko’paytirish, valyuta mablag’laridan tejamli va oqilona foydalanish, shuningdek yangi
ish joylarini yaratishdan iborat. Belgilangan qulay shart-sharoitlar va imtiyozlar
natijasida Mahalliylashtirish dasturi doirasidagi ishlab chiqarish hajmi yildan-yilga
459
oshib bormoqda. 2004 yilda 201 ta mahalliylashtirish loyihasi doirasida 135 ta
korxona ishtirok etgan bo’lsa, 2008 yilga kelib loyihalar soni 310 taga, ularda ishtirok
etgan korxonalar soni esa 166 taga yetgan. Ishlab chiqarish hajmi 2006-2008 yillar
mobaynida avtomobillar bilan hisoblanganda 1,9 marta, avtomobillarsiz 3,5 marta
o’sgan
121
.
«Mamlakatimiz bo’yicha investitsiya dasturlarini amalga oshirish natijasida
qariyb 250 milliard so’mlik asosiy fondga ega bo’lgan jami 423 ta ob’ekt, jumladan,
oziq-ovqat sanoatida 145 ta, qurilish materiallari sanoatida 118 ta, yengil va
to’qimachilik sanoatida 65 ta, qishloq va o’rmon xo’jaligi sohasida 58 ta, kimyo va
neft-kimyo sanoatida 13 ta, farmatsevtika tarmog’ida 8 ta ob’ekt ishga tushirildi»
122
.
Shunga ko’ra, O’zbekistonda qabul qilingan Kadrlar tayyorlash va Maktab ta’limi
rivojlantirish umummilliy dasturlari muhim o’rin tutadi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga joriy etishda davlat budjetidan
qo’shimcha sarf-xarajatlar 1997-2001 yillar oralig’idagi o’tish davrida 65 mlrd. so’mni
tashkil etdi. Ta’lim sohasiga sarflanayotgan xarajatlar bo’yicha O’zbekiston dunyoda
o’z o’rniga ega. Xususan, Jahon bankining ma’lumotiga ko’ra, yalpi ichki
mahsulotdan ta’lim sohasiga xarajatlar Rossiyada 3,4 foiz, AQSH, Frantsiya va Buyuk
Britaniyada 5,3 foizni tashkil etadi. O’zbekistonda 1998 yilda ta’lim sohasiga
yo’naltirilgan xarajatlar yalpi ichki mahsulotning 7,6 foizini, 1999 yilda 8,1, 2000
yilda esa 10,3 foizini tashkil etdi. Agar 2003 yilda jami budjet xarajatlarining 26,2
foizi ta’lim sohasiga to’g’ri kelgan bo’lsa, 2004 yilda bu ko’rsatkich 27 foizga yetdi.
Mamlakat budjetining 8-12 foizi Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga
oshirishga ajratilishi dunyodagi hech bir mamlakat tajribasida ko’rilmagan. Yalpi ichki
mahsulotining ta’lim sohasiga sarflanadigan ulushi 10 foizdan 12 foizgacha ko’tarildi.
Boshqacha aytganda, Milliy dasturda ko’zda tutilgan maqsad va vazifalarni ro’yobga
chiqarish ishlariga 1998 yilning o’zida budjetdan 103,1 mlrd. so’m sarflangan bo’lsa,
1999 yilda 143 mlrd. so’m ajratilgan. Bu mablag’ning 30,5 mlrd. so’mi akademik va
kasb-hunar kollejlarini barpo etishga sarflandi. 1997-2005 yillar davrida Kadrlar
tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish uchun ta’lim sohasiga 2 trln. 200 mlrd.
so’mdan ko’proq mablag’ sarflandi. 2004-2009 yillarda kadrlar tayyorlash uchun
sarflanadigan mablag’ 1 trln. 200 mlrd. qilib belgilangan. O’tgan yillar mobaynida
zamonaviy, har tomonlama jihozlangan o’quv yurtlarini barpo etish uchun 5 mlrd.
doll.dan ortiq budjet va budjetdan tashqari mablag’lar yo’naltirildi.
O’tgan davr mobaynida Kadrlar tayyorlash va Maktab ta’limi rivojlantirish
umummilliy dasturlari doirasida ahamiyatli ishlar amalga oshirildi. Jumladan:
- maktablar, litsey va kollejlarning zamonaviy moddiy-texnik va o’quv bazasini
shakllantirish va mustahkamlash, ta’lim-tarbiya jarayoniga yangi standartlar, ilg’or
pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etildi;
121
O’zbеkiston Rеspublikasi Iqtisodiyot vazirligi ma’lumotlari.
122
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. –
T.: O’zbеkiston, 2009, 20-b.
460
- 1200 dan ziyod akademik litsey va kasb-hunar kolleji, 4600 dan ortiq
umumta’lim maktabi yangitdan bunyod etildi, rekonstruktsiya qilindi va zamonaviy
o’quv-laboratoriya jihozlari bilan ta’minlandi;
- keyingi 10 yil davomida o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim tizimida 100
dan ziyod yo’nalish, 265 ta mutaxassislik va 700 ta kasb bo’yicha professional ta’lim
olgan va zamonaviy fikrlash salohiyatiga ega bo’lgan bir million nafardan ortiq yangi
avlod mutaxassislari tayyorlandi.
O’zbekistonda 2008 yil «Yoshlar yili» deb nomlandi va unga oid maxsus davlat
dasturi qabul qilindi. Prezidentimiz o’z ma’ruzasida «Yoshlar yili» dasturining
mazmun-mohiyati, ahamiyati hamda uni shakllantirishda e’tibor qaratilishi lozim
bo’lgan asosiy jihatlarga to’xtalib o’tdi. Jumladan, mazkur dastur haqida gapirganda,
yoshlar siyosati masalalarini tahlil etayotganda, biz yosh oilalarning ehtiyoj va
talablariga alohida e’tibor qaratishimiz kerakligi ta’kidlandi. Avvalambor, yosh
oilalarga munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlarni yaratib berish,
ro’zg’orni butlash uchun mablag’ va kreditlar bilan ta’minlash, ma’naviy yetuk,
jismonan sog’lom bolalarni tarbiyalab voyaga yetkazish yo’lida zarur imkoniyatlarni
tug’dirib berishimiz kerakligi, bu masalalarning barchasi dasturda o’z ifodasini topishi
lozimligi uqtirildi
123
.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish
|