• O’zbekiston iqtisodiyotida davlat sektorining ulushi, umumiy hajmga nisbatan foizda Ko’rsatkichlar Yillar 2004
  •   3. Davlatning iqtisodiyotga ta’sir qilish usullari




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet466/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   462   463   464   465   466   467   468   469   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

     


    455 
    3. Davlatning iqtisodiyotga ta’sir qilish usullari 
    va vositalari 
    Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bir qator usullardan foydalanadi. Bu 
    usullarni umumlashtirib quyidagicha guruhlash mumkin:
    -
    bevosita ta’sir qilish usullari; 
    -
    bilvosita ta’sir qilish usullari;
    -
    tashqi iqtisodiy usullar. 
    Markazdan boshqarish tartibi ustun bo’lgan mamlakatlarda davlatning iqtisodiy 
    jarayonlarga aralashuvida bevosita ta’sir qilish usullari ustun bo’lsa, bozor iqtisodiyoti 
    esa asosan iqtisodiy jarayonlarni bilvosita tartibga solish bilan bog’langan. Shu bilan 
    birga barcha mamlakatlarda iqtisodiyotning 
    davlat sektori
    mavjud. Davlat sektorini 
    boshqarish mulkchilikning davlat shakliga asoslanib, u asosan quyidagi uchta yo’l 
    orqali shakllanadi: 
    1) ishlab chiqarish vositalari egalariga pul yoki qimmatli qog’ozlar bilan tovon 
    to’lash orqali mulkni milliylashtirish; 
    2) davlat budjeti mablag’lari hisobiga yangi korxonalar, ba’zi hollarda yaxlit 
    tarmoqlarni barpo etish; 
    3) davlat tomonidan xususiy korporatsiyalarning aktsiyalarini sotib olish va 
    aralash davlat-xususiy korxonalarini tashkil etish. 
    Hozirda so’nggi uchinchi yo’l ustun ravishda amal qilmoqda. 
    O’zbekiston iqtisodiyotida davlat sektorining ulushi to’g’risidagi ma’lumotlarni 
    quyidagi jadval orqali ko’rish mumkin (23.1-jadval). 
    O’zbekiston iqtisodiyotida davlat sektorining ulushi, 
    umumiy hajmga nisbatan foizda 
     
    Ko’rsatkichlar 
    Yillar 
    2004 
    2005 
    2006 
    2007 
    2008 
    Yalpi ichki mahsulot 
    24,2 
    24,2 
    22,2 
    20,7 
    20,6 
    Sanoat mahsuloti 
    20,7 
    21,6 
    20,6 
    20,1 
    18,7 
    Qishloq xo’jaligi mahsuloti 
    0,8 
    0,5 
    0,3 
    0,2 
    0,1 
    Qurilish ishlari 
    10,1 
    9,0 
    12,6 
    10,6 
    10,4 
    Transport 
    64,3 
    62,1 
    61,6 
    52,9 
    51,7 
    Aloqa 
    3,2 
    3,0 
    3,0 
    3,2 
    3,3 
    Chakana savdo aylanmasi 
    1,1 
    0,4 
    0,3 
    0,2 
    0,2 
    Aholiga pullik xizmat ko’rsatish 
    28,7 
    25,7 
    23,4 
    20,2 
    20,5 
    Tashqi savdo aylanmasi 
    26,6 
    23,4 
    17,6 
    17,4 
    23,8 
    Iqtisodiyotda band ishchilar soni 
    23,0 
    22,9 
    22,4 
    22,1 
    21,6 
    Manba: O’zbekiston Respublikasi davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari. 


    456 
    Davlat xilma-xil shakldagi kapitalga egalik qiladi, kreditlar beradi, korxonalarga 
    mulkdor hisoblanadi. Bu davlatni ijtimoiy kapitalning bir qismiga egalik qilishiga olib 
    keladi.
    Davlat iqtisodiyotni bevosita tartibga solishda ma’muriy vositalardan 
    foydalanadi. Ma’muriy vositalar davlat hokimiyati kuchiga tayanadi va taqiqlash, 
    ruxsat berish va majbur qilish xususiyatidagi tadbirlarni o’z ichiga oladi.
    Tartibga solishning ma’muriy vositalaridan foydalanilganda yaxlit takror ishlab 
    chiqarish jarayoni yoki uning alohida tomonlarini to’g’ridan-to’g’ri tartibga solish 
    ko’zda tutiladi. Ayniqsa ishlab chiqarish tanazzulga uchragan davrda iqtisodiyotga 
    bilvosita ta’sir qilish tadbirlari kam samarali bo’lib, ma’muriy vositalardan 
    foydalanishga ustunlik beriladi. Bu usullardan quyidagilarni alohida ko’rsatish 
    mumkin:

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   462   463   464   465   466   467   468   469   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



      3. Davlatning iqtisodiyotga ta’sir qilish usullari

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish