451
Bozor xo’jaligi sharoitida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish
qonunchilik, ijro etish va nazorat qilish xususiyatidagi tadbirlar tizimidan iborat
bo’ladi.
Hozirgi sharoitda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish takror ishlab
chiqarish jarayoniga tegishli bir qator vazifalarni hal qilishga qaratiladi. Bular
jumlasiga iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish, bandlikni tartibga solish, tarmoq va
mintaqaviy tuzilmalardagi ijobiy siljishlarni qo’llab-quvvatlash, eksportni himoya
qilish kabilarni kiritish mumkin.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmi to’g’risida to’laroq
tasavvurga ega bo’lishi uchun uning maqsadi, vazifalari va tartibga solish usullari
hamda vosita yoki dastaklarini to’laroq tavsiflash lozim.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadi iqtisodiy
va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, mavjud tuzumni mamlakat ichida va
xalqaro maydonda mustahkamlash va uni o’zgarib turuvchi sharoitga
moslashtirish hisoblanadi.
Bu asosiy maqsaddan bir qator aniq maqsadlar kelib chiqadi. Ular jumlasiga
iqtisodiy siklni barqarorlashtirish; milliy xo’jaliklarning tarmoq va mintaqaviy
tuzilishini takomillashtirish, atrof-muhit holatini yaxshilash kabilarni kiritish mumkin.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi uning vazifalarida aniq
namoyon bo’ladi. Bozor xo’jaligi sharoitida davlatning iqtisodiy vazifalari asosan
bozor tizimining amal qilishini yengillashtirish va himoya qilish maqsadiga ega
bo’ladi. Bu sohadagi