|
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning Pdf ko'rish
|
bet | 462/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASI2. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning
maqsad va vazifalari
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish ob’ektiv tavsif kasb etadi. Ko’plab
iqtisodchilar iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishining zarurligini faqat
bozorning kamchiliklari, uning ko’plab iqtisodiy muammolarni hal eta olmaslik holati
bilan izohlaydilar. Bu ma’lum ma’noda to’g’ri bo’lsada, biroq, iqtisodiyotga davlat
ta’sirining ob’ektiv zarurligi eng avvalo ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi
bilan belgilanadi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ob’ektiv asosi
bo’lib ham milliy iqtisodiyot darajasida, ham xalqaro miqyosda ijtimoiy mehnat
taqsimotining rivojlanishi negizida ishlab chiqarishning umumlashuvi jarayoni xizmat
qiladi.
Bu jarayon quyidagilarda namoyon bo’ladi:
-
chuqurlashib borayotgan ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ishlab chiqarish
ixtisoslashgan tarmoqlarining o’zaro aloqasi va o’zaro bog’liqligi yanada kuchayadi;
-
ishlab chiqarishning kooperatsiyalashuvi va markazlashuvi natijasida alohida
xo’jalik birliklarining mayda bo’laklarga ajralib ketish holatlari barham topadi;
-
ishlab chiqarishning yirik korxonalarda to’planuvi jarayoni o’sadi;
-
turli iqtisodiy mintaqalar o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar va faoliyat almashuvi
jadallashadi.
Ishlab chiqarishning umumlashuvi darajasining oshishi bilan o’zaro
muvofiqlashtirilgan holda xo’jalik yuritish, takror ishlab chiqarish nisbatlarini ongli
ravishda tartibga solish, yirik ishlab chiqarish majmualari, yaxlit iqtisodiyotni
markazlashtirilgan holda boshqarishga ob’ektiv ehtiyoj paydo bo’ladi. Shunga ko’ra,
iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish ishlab chiqarish munosabatlarining har
qanday tizimida ishlab chiqarish umumlashuvining ma’lum darajasida ob’ektiv
zaruriyatga aylanadi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish deganda davlatning jamiyat
|
| |