445
Kredit resurslarining asosiy manbalari korxonalarning amortizatsiya ajratmalari; mahsulot
sotishdan olingan pul tushumlari; korxonalarning ishlab chiqarish, fan va texnikani
rivojlantirish fondlari, moddiy rag’batlantirish fondlari; korxonalar foydasi; bankdagi
budjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy tashkilotlarning joriy pul
resurslari; aholining bo’sh pul mablag’laridan iborat.
8. Banklar pul mablag’larini to’plash, joylashtirish va ularning harakatini tartibga
solish bilan shug’ullanuvchi iqtisodiy muassasadir. Ular kredit munosabatlariga
xizmat qilib, kreditning har xil shakllarini o’z ichiga olib, kredit muassasalarining
asosini tashkil qiladi. Banklar tizimi odatda ikki bosqichli bo’lib, o’z ichiga markaziy
(emission) bank va tijorat (depozitli) banklarning tarmoq otgan shaxobchalarini oladi.