foydalanish, ishlab chiqarishga sarflangan mablag’larning eng ko’p samara




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet457/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   453   454   455   456   457   458   459   460   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

foydalanish, ishlab chiqarishga sarflangan mablag’larning eng ko’p samara 
berishiga, olingan kreditlarning o’z vaqtida qaytarilishiga erishish
muhim o’rin 
tutadi. 
Inflyatsiyaga qarshi aniq o’ylangan siyosat o’tkazish 
milliy valyutani 
mustahkamlanishning muhim shartlaridan biridir. Bu siyosat eng avvalo inflyatsiya 
darajasini keskin kamaytirishga qaratilishi lozim. Bunda pulning qadrsizlanish darajasi 
ustidan kat’iy nazorat o’rnatish hamda unga qarshi samarali tadbirlar qo’llash hal 
qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Shu orqali pulning qadrsizlanishda maqbul sur’atni 
tanlashga erishiladi. 
Inflyatsiyaga qarshi siyosat negizini 
pul miqdorining o’sishini tovarlar va 
xizmatlar miqdorining tegishli darajada o’sishi bilan bog’lab olib borish
ga 
qaratilgan tadbirlar tashkil qilish zarur. Chunki xarid qilish uchun mollar yetarli 
bo’lmagan holda aholi qo’lida pulning ortiqcha ko’payib ketishi inflyatsiyaning 
yanada avj olib ketishiga, oxir oqibatdada inqirozlarga sabab bo’ladi. Pul miqdori 
bilan birga narxlarning ham tobora o’sib borishi muqarrar ravishda, uzoq davom 
etadigan giperinflyatsiyani keltirib chiqaradi. Bu o’z navbatida, milliy ishlab 
chiqarishning izidan chiqishi, aholi keng tabaqalarining qashshoqlashuvi va butun 
ijtimoiy tizimning barbod bo’lishi xavfini tug’diradi. 
So’mning barqarorligini ta’minlashda 
naqd pul emissiyasining o’sishiga, aholi 
qo’lida pulning harakatsiz turib qolishiga yo’l qo’ymaslik
birinchi darajali 
ahamiyatga ega. Bunda muomalaga chiqarilgan pul miqdorining o’z vaqtida 
qaytarilishiga erishish, mahsulot ishlab chiqarishning o’sishi ta’minlamagan 
korxonalarga kreditlar berilishiga yo’l qo’ymaslik choralari ko’rilishi kerak. 
Inflyatsiyani pasaytiruvchi qudratli omil 
milliy valyuta almashuv kursining 
barqarorlashuviga 
erishish
dir. 
Bu 
o’z 
navbatida 
import 
narxlarning 
barqarorlashuviga olib keladiki, natijada ichki bozordagi narxlar o’zgaradi.
Valyuta birjalarida valyuta operatsiyalarining barcha turlari uchun talab va taklif 
natijasida shakllanadigan yagona almashuv kursini belgilash, valyuta kursi 
barqarorligiga erishishning dastlabki shartidir. 
Milliy valyuta kursi barqarorligini ta’minlashning navbatidagi sharti daslabki 
bosqichda valyutani nakd pulsiz almashtirish hajmini ko’paytirishga ustunlik 
berishidir. Bu borada 2007 yilda xo’jalik sub’ektlari va aholining bank xizmatlaridan 
117
Inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash – barcha islohot va o’zgarishlarimizning bosh maqsadidir. O’zbеkiston 
Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimovning 2007 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008 
yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi 
majlisidagi ma’ruzasi // Хalq so’zi, 2008 yil 9 fеvral. 


444 
foydalanishini qulaylashtirish, ayni paytda naqd pulsiz aylanma miqyosini 
kengaytirish maqsadidagi chora-tadbirlar davom ettirildi. Xususan, muomalaga 
chiqarilgan plastik kartochkalar soni 500 mingtaga, xizmat ko’rsatuvchi terminallar 
soni esa 3,5 mingtaga oshirildi.
Shunday qilib, yuqorida qarab chiqilgan chora va tadbirlarning muvaffaqiyatli 
amalga oshirilishi milliy valyutamiz almashuv kursining barqarorlashuviga, uning 
xarid qilish quvvatining oshishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 

Download 8,58 Mb.
1   ...   453   454   455   456   457   458   459   460   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



foydalanish, ishlab chiqarishga sarflangan mablag’larning eng ko’p samara

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish