439
mlrd. so’m
Tijorat
banklarida aholi
omonatlari
qoldig’i, mlrd.
so’m
91,5
170,1
245,0
323,0
449,5
975,0
994,6
1724,0
O’rta va uzoq
muddatli
kreditlarning
jami
kredit
qo’yilmalaridag
i ulushi, foiz
74,0
81,0
81,1
82,8
81,0
85,0
86,7
-
Manba: O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari.
Mamlakatimizda
esa
birgina
tijorat
banklarining
aktivlari
miqdori,
«Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to’g’risida»gi
qonunga muvofiq shakllangan zaxiralarni hisobga olgan holda, 13 trillion 360 milliard
so’mdan oshadi. Bu aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning jalb qilingan
depozitlari hajmidan taxminan 2,4 barobar ko’p demakdir.
Bank aktivlari hajmining sezilarli darajada
oshganini hisobga olib, bugungi kunda
respublikamizda aholining banklardagi barcha depozitlarini davlat tomonidan yuz foiz
kafolatlash ta’minlanmoqda.
2008 yilda bank tizimida amalga oshirilgan islohotlar Prezidentimiz va
hukumatimiz tomonidan qabul qilingan bir qator farmon va qarorlarda belgilangan
quyidagi ustuvor vazifalarning bajarilishiga qaratildi:
- aholi va tadbirkorlik sub’ektlari hamda investorlarning mablag’larini bank
aktsiyalari va depozitlarga jalb qilish orqali banklarning
kapitallashuv darajasini
oshirish hamda resurs bazasini kengaytirish;
- banklarning investitsiya jarayonlarida, korxonalarni
modernizatsiya qilish,
texnologik va texnik qayta jihozlashdagi ishtirokini yanada kengaytirish va kichik
biznes sub’ektlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash;
- banklarda samarali nazoratni amalga oshirish,
bank infratuzilmalarini
kengaytirish, bank xizmatlari sifatini oshirish va mijozlarga yangi qulayliklar yaratish;
- hisob-kitoblar tizimini yanada takomillashtirish,
naqd pullarning bank
aylanmasiga jalb etilishini yanada kengaytirish;
440
- banklarni yakka tartibda baholash milliy reytingiga va xalqaro reyting
kompaniyalarining reytinglariga ega bo’lishlarini ta’minlash borasida bir qator chora-
tadbirlar amalga oshirish.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmon
va Qarorlariga asosan
strategik ahamiyatga ega bo’lgan banklarning kapitallashuv darajasini yanada oshirish
orqali ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlash hamda ularning investitsiya
loyihalarini amalga oshirishdagi ishtirokini faollashtirish maqsadida davlat budjetidan
tijorat banklari ustav kapitalini oshirish bo’yicha mablag’lar ajratilishi belgilab berildi
(22.3-jadval).
2008 yilda ushbu jarayonlarni amalga oshirish orqali:
- davlat tijorat «Xalq banki»ning ustav kapitali 100 mlrd. so’mga;
- «O’zsanoatqurilishbank» aktsiyadorlik-tijorat bankning ustav kapitali 65,4 mlrd.
so’m miqdoridagi qo’shimcha aktsiyalarni emissiya qilish orqali 100 mlrd. so’mga;
- «Mikrokreditbank» aktsiyadorlik-tijorat bankning ustav kapitali qo’shimcha
66,2 mlrd. so’mlik aktsiyalar chiqarish orqali 141,5 mlrd. so’mga yetkazildi.