• Markaziy bank
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet452/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   448   449   450   451   452   453   454   455   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    ularning vazifalari 
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomalasini ta’minlashda banklar muhim rol 
    o’ynaydi. 
    Banklar
    pul mablag’larini to’plash, joylashtirish va ularning harakatini 
    tartibga solish bilan shug’ullanuvchi iqtisodiy muassasadir. 
    Banklar faoliyatining asosiy tomonlaridan biri kredit munosabatlariga xizmat 
    qilish bo’lib, ular kredit muassasalarining asosini tashkil qiladi. 
    Banklar tizimi odatda ikki bosqichli bo’lib, o’z ichiga 
    markaziy (emission) bank
    va 
    tijorat (depozitli) banklarning
    tarmoq otgan shaxobchalarini oladi.
    Davlat banki
    mamlakat pul-kredit tizimini markazlashgan tartibda boshqaradi va 
    davlatning yagona kredit siyosatini amalga oshiradi. 
    Davlat banki 
    Markaziy bank
    hisoblanadi. Buning mazmuni shundan iboratki, 
    birinchidan, ko’pchilik mamlakatlarda davlat banki yagona markaziy bankdan iborat 
    bo’lib, u o’tkazadigan siyosat tartiblari yuqori davlat organlari tomonidan o’rnatiladi. 
    Ikkinchidan, Markaziy bank tijorat banklari va jamg’arma muassasalaridan 
    mablag’larni qabul qilib, ularga kredit beradi. Xususan, shu sababga ko’ra markaziy 
    bank «banklar banki» deyiladi. 
    Uchinchidan, Markaziy bank faqat foyda olishga intilib faoliyat ko’rsatmaydi, 
    davlatning butun iqtisodiyot holatini yaxshilash siyosatini amalga oshiradi va ijtimoiy 
    siyosatini amalga oshirishga ko’maklashadi. 
    Markaziy bank quyidagi 
    vazifalarni
    bajaradi: 
    1) boshqa bank muassasalarining majburiy zaxiralarini saqlaydi. Bu zaxiralar pul 
    taklifini boshqarish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Markaziy bank 
    mamlakatning rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini saqlash vazifasini ham bajaradi; 
    2) cheklarni qayd (inkassatsiya) qilish mexanizmini ta’minlaydi va banklararo 
    hisob-kitoblarni amalga oshiradi, ularga kreditlar beradi; 
    3) davlatning monetar siyosatini amalga oshiradi;
    4) barcha banklar faoliyatini uyg’unlashtiradi va ular ustidan nazoratni amalga 
    oshiradi; 
    5) xalqaro valyuta bozorlarida milliy valyutalarni ayirboshlaydi; 


    437 
    6) pul taklifi ustidan nazorat qilish mas’uliyatini oladi, milliy valyutani 
    muomalaga chiqaradi. Iqtisodiyotning ehtiyojlariga mos ravishda pul muomalasini 
    tartibga soladi. 
    Monetar siyosatning asosiy maqsadi inflyatsiyani past darajada ushlab turish va 
    so’mning barqaror ayirboshlash kursini ta’minlashdan iborat. Mazkur vazifalar 
    makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va iqtisodiy o’sishni rag’batlantirishga 
    yo’naltirilgan umumiqtisodiy siyosat bilan uzviy bog’langandir. 
    O’zbekiston Markaziy banki o’zining asosiy vazifalarini bajarish bilan bir 
    qatorda, bank xizmatlarini erkinlashtirishga qaratilgan siyosatni ham olib boradi. Bank 
    tomonidan pul-kredit siyosatining vositalari sifatida ochiq bozorda qimmatli qog’ozlar 
    operatsiyasi, ichki valyuta bozoridagi operatsiyalar, qayta moliyalashtirish stavkasi va 
    tijorat banklariga majburiy zaxira talablari vositalari ham ishga solinadi. 
    Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida banklar va korxonalar teng huquqli 
    sheriklar sifatida chiqadi. Kredit berishda fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishni, 
    ishlab chiqarishni rivojlantirishning yangi sifat darajasiga erishishni ta’minlaydigan 
    tadbirlarga ustunlik beriladi. 
    Banklar o’z tasarrufidagi resurslardan foydalanish samaradorligi uchun moddiy 
    jihatdan mas’ul hisoblanadi va shu sababli kredit-pul operatsiyalari ko’proq ularning 
    iqtisodiy foydaliligiga va samaradorligiga qarab beriladi. 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   448   449   450   451   452   453   454   455   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish