435
maqsadlarida bank ssudalari berish shaklida amalga oshiriladi. Iste’mol kreditidan
foydalanganlik uchun ancha yuqori foiz undiriladi.
Ipoteka krediti – ko’chmas mulklar (er, bino) hisobiga uzoq muddatli
ssudalar shaklida
beriluvchi kredit.
Bunday ssudalar berish vositasi, banklar va
korxonalar tomonidan chiqariladigan ipoteka obligatsiyalari hisoblanadi.
Davlat krediti
– davlat pul mablag’lari qarzdori, aholi va xususiy biznes esa
kreditorlari bo’lib chiqadigan kredit munosabatlarining o’ziga xos shakli.
Davlat
krediti mablag’lari manbai bo’lib, davlat qarz obligatsiyalari xizmat qiladi. Davlat
kreditning bunday shaklida, avvalo, davlat budjeti kamomadini qoplash uchun
foydalanadi.
Xalqaro kredit
– ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlar
sohasidagi harakatini namoyon etuvchi shakli.
Xalqaro kredit tovar yoki pul
(valyuta) shaklida beriladi. Kreditor va qarz oluvchilar banklar, xususiy firmalar,
davlat, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hisoblanadi.
So’nggi vaqtlarda kreditlashning lizing, faktoring, forfeyting, trast kabi shakllari
keng rivojlanib bormoqda.
Lizing
– bu kreditning pulsiz shakli bo’lib, odatda ishlab chiqarish vositalari
va boshqa moddiy boyliklarni keyinchalik foydalanuvchilar tomonidan
muntazam ravishda haq to’lab borib, sotib olish sharti bilan uzoq muddatli
ijaraga berishdan iborat.
Lizing bo’yicha bitimlar 1 yildan to 10 yilga qadar tuzilishi
mumkin. Odatda ishlab chiqarish vositalarini ularning egalari bevosita emas, balki
maxsus lizing kompaniyalari orqali ijaraga beradilar.