434
5)
bankdagi budjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy
tashkilotlarning joriy pul resurslari;
6)
aholining bo’sh pul mablag’lari.
Takror ishlab chiqarish jarayonida vaqtincha bo’sh pul resurslari hosil bo’lishi
bilan bir vaqtda, iqtisodiyotning ayrim bo’g’inlari va sohalarida qo’shimcha pul
mablag’lariga ehtiyoj paydo bo’ladi.
Kreditning bir qator vazifalari mavjud. Birinchidan, kredit
qayta taqsimlash
vazifasini
bajaradi. Uning yordamida korxonalar, davlat va aholining bo’sh pul
mablag’lari ssuda fondi shaklida to’planib, keyin bu mablag’lar kredit mexanizmi
orqali iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlarini hisobga olib qayta taqsimlanadi. Shu orqali
kredit ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Ikkinchidan, kredit pulga tenglashtirilgan to’lov vositalarini (veksel, chek,
sertifikat va h.k.) yuzaga chiqarib, ularni
xo’jalik amaliyotiga joriy etish
vazifasini
bajaradi.
Uchinchidan, kredit naqd pullar o’rniga kredit pullarni rivojlantirish va pul
muomalasini jadallashtirish bilan