O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet447/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   443   444   445   446   447   448   449   450   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

Kutilayotgan inflyatsiya
va uning oqibatlarini oldindan bashorat qilish 
mumkin, 
kutilmagan inflyatsiyani
oldindan aytib bo’lmaydi. Birinchi holda 
inflyatsiyaning kutilayotgan salbiy oqibatlariga tayyorlanib, uni sezilarli darajada 
yumshatish mumkin. Ikkinchi holda narxlarning kutilmagan o’sishi natijasida 
mamlakat iqtisodiy axvolining sezilarli yomonlashuvi ro’y berishi mumkin.
 
3. Kreditning mohiyati, manbalari va vazifalari 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul doimiy va uzluksiz harakatda bo’lishi lozim. 
Buning uchun esa bo’sh pul mablag’lari ham pul-kredit muassasalari orqali to’planib, 
iqtisodiyotga investitsiyalar sifatida yo’naltirilishi lozim. Bu jarayonlarni amalga 
oshirishda 
kredit munosabatlari
muhim ahamiyat kasb etadi.
Kredit
bo’sh turgan pul mablag’larini ssuda fondi shaklida to’plash va 
ularni pulga muhtoj bo’lib turgan huquqiy va jismoniy shaxslarga ishlab 
chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun ma’lum muddatga, foiz to’lovlari bilan 
qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi.
Pul shaklidagi kapital 
ssuda kapitali
deyilsa, uning harakati 
kreditning 
mazmunini
tashkil qiladi. 
Kredit munosabatlari ikki sub’ekt o’rtasida, ya’ni pul egasi (qarz beruvchi) va 
qarz oluvchi o’rtasida yuzaga keladi. 
Turli xil korxona va firmalar, tashkilotlar, davlat va uning muassasalari hamda 
aholining keng qatlami 
kredit munosabatlarining sub’ektlari
hisoblanadi. Sanab 
o’tilgan sub’ektlarning aynan har biri bir vaqtning o’zida ham qarz oluvchi va ham 
qarz beruvchi o’rnida chiqishi mumkin. 
Kredit munosabatlarining ob’ekti
jamiyatda vaqtincha bo’sh turgan pul 
mablag’laridir. 
Takror ishlab chiqarish jarayonida tovarlar, iqtisodiy resurslar va pul 
mablag’larining doiraviy aylanishi 

Download 8,58 Mb.
1   ...   443   444   445   446   447   448   449   450   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish