davlatning iqtisodiy vazifalaridan
quyidagi ikki turini ajratib
ko’rsatish mumkin:
1)
bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug’diruvchi huquqiy asos va
ijtimoiy muhitni ta’minlash;
2)
raqobatni himoya qilish.
Davlatning boshqa vazifalari iqtisodiyotni tartibga solishning umumiy
tamoyillaridan kelib chiqadi. Bu yerda
davlatning uchta vazifasi
alohida ahamiyatga
ega:
1)
daromad va boylikni qayta taqsimlash;
2)
resurslarni qayta taqsimlash;
3)
iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya’ni iqtisodiy tebranishlar vujudga
keltiradigan inflyatsiya va bandlilik darajasi ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy
o’sishni rag’batlantirish.
Davlat bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishining shart-sharoiti hisoblangan
huquqiy asosni ta’minlash vazifalarini
o’z zimmasiga oladi. Bozor iqtisodiyoti
uchun zarur bo’lgan huquqiy asosni ta’minlash quyidagi tadbirlarning amalga
oshirilishini taqozo qiladi: xususiy korxonalarning huquqiy mavqeini mustahkamlash;
xususiy mulkchilik huquqini ta’minlash va shartnomalarga amal qilishni kafolatlash;
korxonalar,
resurslarni
yetkazib
beruvchilar
va
iste’molchilar
o’rtasidagi
munosabatlarni tartibga soluvchi qonuniy bitimlarni ishlab chiqish va boshqalar.
O’zbekiston Respublikasining «Korxonalar to’g’risida», «Tadbirkorlik faoliyati
to’g’risida» va «Aktsionerlik jamiyatlari to’g’risida»gi qonunlari hamda ularga
452
kiritilgan qo’shimcha va tuzatishlar, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish bo’yicha tadbirlari bozor iqtisodiyoti uchun zarur huquqiy asosni
ta’minlashga qaratilgan.
Davlat tomonidan
ijtimoiy muhitni ta’minlash
o’z ichiga ichki tartibni saqlash,
mahsulot sifati va og’irligini o’lchash standartlarini belgilash, tovar va xizmatlar
ayirboshlashni yengillashtirish uchun milliy pul tizimini muomalaga kiritish kabilarni
oladi.
Raqobat bozor iqtisodiyotida asosiy tartibga soluvchi mexanizm bo’lib xizmat
qiladi. Bu shunday kuchki, u xaridorlar yoki iste’molchilarning ehtiyojlariga ishlab
chiqaruvchi va resurs yetkazib beruvchilarni bo’ysundiradi. Raqobat sharoitida
ko’plab xaridorlar tomonidan bildirilgan talab va sotuvchilarning taklifi bozor
narxlarini belgilaydi. Bu shuni bildiradiki, ishlab chiqaruvchilar va resurs yetkazib
beruvchilar iste’molchilarning faqat bozor orqali hisobga olinadigan xohishlariga
moslashishi mumkin. Bozor tizimining irodasiga bo’ysunuvchi, raqobatlashuvchi
ishlab chiqaruvchilar foyda olishni va o’z mavqelarining mustahkamlashini kutadi,
kim bozor qonunlarini buzsa, zarar ko’radi va oxir oqibatda sinadi. Raqobat sharoitida
xaridor – bu xo’jayin, bozor ularning gumashtasi, korxona esa ularning xizmatkori
hisoblanadi.
Iqtisodiyotda sotuvchilar o’rtasidagi raqobat o’rnini monopoliyalar egallaganda,
ularning bozorga ta’sir ko’rsatish yoki undagi narxlarni o’z manfaatlarini ko’zlab
o’zgartirish imkoniyati paydo bo’ladi. Monopoliyalar o’zlarining takliflari umumiy
hajmini tartibga solish layoqatidan foydalanib, mahsulot hajmini sun’iy cheklash
orqali ularga ancha yuqori narx belgilash va shu orqali ancha barqaror foyda olishi
mumkin.
Bozor munosabatlari rivojlangan sharoitda monopoliyalar ustidan ikki usulda
nazorat o’rnatiladi. Birinchi usulda, texnologiya va iqtisodiy sharoitlar raqobatli bozor
mavjud bo’lish imkoniyatini yo’qqa chiqaradigan tabiiy monopoliyalar deb
nomladigan tarmoqlarda davlat narxlarini tartibga soladi va ko’rsatiladigan
xizmatlarga standartlarni o’rnatadi. Transport, aloqa, elektr energiyasi ishlab chiqarish
va boshqa ijtimoiy foydalanishdagi korxonalar ma’lum darajada shunday tartibga
solinadi. Ikkinchi usulda, samarali ishlab chiqarish juda ko’pchilik bozorlarda raqobat
rivojining juda yuqori darajasida ta’minlanishi sababli davlat raqobatini kuchaytirish
va himoya qilish maqsadida monopoliyalarga qarshi qonunlar qabul qiladi.
Respublikamizda ham monopol faoliyatni cheklash, tovarlar bozorida raqobatni
rivojlantirish, iste’molchilar va tadbirkorlar manfaatini himoya qilishga qaratilgan
qator qonunlar qabul qilingan.
Bozor tizimi kishilarning tabiiy qobiliyati, orttirgan bilimi va malakasi hamda
mulkka egaligini hisobga olib, ularning yuqori daromad olishini ta’minlaydi. Shu bilan
birga jamiyatning moddiy vositalarga ega bo’lmagan, bilim va malaka darajasi past,
layoqati ham yuqori bo’lmagan a’zolari, qariyalar, nogironlar, ishsizlar yolg’iz va
qaramog’ida bolalari bo’lgan ayollar juda kam daromad oladi yoki bozor tizimi
doirasida ishsizlar kabi umuman daromadga ega bo’lmaydi. Qisqasi, bozor tizimi pul
daromadlarini va milliy mahsulotni jamiyat a’zolari o’rtasida taqsimlashda birmuncha
453
tengsizliklarni keltirib chiqaradi. Shu sababli davlat o’z zimmasiga
|