427
Tijorat banklari o’z ixtiyorlarida bo’lgan aktivlari hisobiga
yangi pullarni hosil
qilishlari, ya’ni ularni bank krediti sifatida mijozlariga berishlari mumkin. To’g’ri,
ularning bu faoliyatlari Markaziy bank tomonidan o’rnatiluvchi majburiy zaxira
me’yorlari orqali cheklanadi. Ya’ni, tijorat banki o’zining joriy xarajatlarini qoplashi
hamda mijozlar tomonidan kreditlar qaytarilmasligi xavfining oldini
olish maqsadida
ma’lum miqdordagi pul mablag’larini zaxira sifatida saqlashi lozim. Aktivlarning
qolgan qismi esa muomalaga chiqarilib, u ma’lum muddatdan so’ng
yana bankka
qaytishi hamda majburiy zaxira me’yoridan ortiqcha qismi yana muomalaga
chiqarilishi mumkin. To’xtovsiz ravishda takrorlanuvchi bu jarayon pul taklifi
multiplikatori yoki bank multiplikatori deyiladi.
Pul taklifi multiplikatori
– bu bankdagi pul depozitlari qo’shimcha ravishda
o’sgan hajmining majburiy zaxiralar qo’shimcha hajmiga nisbati bo’lib, pul
mablag’larining bir birlikka ko’payishi iqtisodiyotdagi pul taklifining qanchaga
o’sishini ko’rsatadi:
r
m
yoki
R
M
m
s
1
,
bu yerda:
m – pul taklifi multiplikatori koeffitsienti;
M
s
– bankdagi pul depozitlarining qo’shimcha ravishda o’sgan hajmi;
R – majburiy zaxiralar qo’shimcha hajmi;
r – majburiy zaxiraning foizdagi me’yori.
Masalan, Markaziy bank tomonidan o’rnatilgan majburiy zaxira me’yori 20%ni
tashkil etsin. Agar tijorat bank aktivi 100 mln. so’m
deb olsak, u holda pul taklifi
multiplikatori 5 ga teng bo’ladi (100 mln. so’m/20 mln. so’m). Bu esa tijorat banki
500 mln. so’m hajmida (100 mln. so’m x 5) yangi pullarni
muomalaga chiqarish
imkoniga ega ekanligini ko’rsatadi.
Pulga talab ikki qismdan iborat bo’lishi mumkin: ayirboshlash uchun zarur
bo’lgan pulga bo’lgan talab hamda aktivlar sotib olish uchun zarur bo’lgan pulga
talab.
Ayirboshlash uchun zarur bo’lgan pulga bo’lgan talab aholining kundalik shaxsiy
ehtiyojlari, korxonalarning ish haqi to’lash,
material, yoqilg’i va shu kabilarni sotib
olish uchun kerak bo’lgan pul miqdorini ifodalaydi. Ayirboshlash uchun zarur bo’lgan
pul miqdori biz yuqorida ko’rsatgan formula bilan aniqlanadi. Ushbu formulaga
asosan aholi va korxonalarga ikki holda ayirboshlash uchun ko’proq pul talab qilinadi:
narxlar o’sganda va ishlab chiqarish hajmi ko’payganda.
Kishilar o’zlarining moliyaviy
aktivlarini har xil shakllarda, masalan,
korporatsiya aktsiyalari, xususiy yoki davlat obligatsiyalari shaklida ushlab turish
mumkin. Demak,
aktivlar tomonidan, ya’ni investitsiyalar uchun pulga talab ham
mavjud bo’ladi.
Aktivlar tomonidan pulga talab foiz stavkasiga teskari mutanosiblikda o’zgaradi.
Foiz stavkasi past bo’lsa, kishilar ko’proq miqdoridagi naqd pulga egalik qilishni afzal
ko’radi. Aksincha, foiz yuqori bo’lganda pulni ushlab
turish foydasiz va aktivlar
shaklidagi pul miqdori ko’payadi. Shunday qilib, pulga bo’lgan umumiy talab, aktivlar
428
tomonidan pulga bo’lgan talab va ayirboshlash uchun pulga bo’lgan talabning miqdori
bilan aniqlanadi.