421
15. Moliya milliy iqtisodiyot va aholi farovonligining o’sishini aks ettirib, korxonalar
ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishi va ularning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini
oshishini rag’batlantiradi, ishlab chiqarish tuzilmasini, tarmoqlararo va hududiy nisbatlarni
shakllantiradi.
16. Moliyaviy munosabatlar va ularga xizmat qiluvchi maxsus muassasalar
jamiyatning moliya tizimini tashkil qiladi. Moliya tizimi o’z ichiga turli darajadagi
budjetlarni, ijtimoiy, mol-mulk va shaxsiy sug’urta fondlarini, davlatning valyuta
zaxiralarini, korxona va firmalar, tijorat va notijorat tuzilmalarining pul fondlarini,
boshqa maxsus pul fondlarini oladi.
17. Umumdavlat moliyasi davlat budjetini, ijtimoiy sug’urta fondini hamda davlat
mol-mulkiy va shaxsiy sug’urtasi fondini o’z ichiga oladi. Davlat pul mablag’larining
asosiy markazlashgan fondi bo’lmish davlat budjeti moliya tizimining asosiy bo’g’ini
bo’lib xizmat qiladi.
18. Davlat budjetining daromadlari va xarajatlari muvozanatda bo’lishini taqozo
qiladi. Lekin ko’pchilik hollarda davlat budjeti xarajatlarining daromadlardan
ortiqchaligi kuzatiladi, buning oqibatida budjet taqchilligi tez sur’atlar bilan o’sadi.
19. Budjet taqchilligi asosan davlat qimmatli qog’ozlarini sotish, nobudjet fondlari
(sug’urta fondi, ishsizlik bo’yicha sug’urtalash fondi, pensiya fondi)dan qarz olish
ko’rinishidagi davlatning ichki va tashki qarzlari hisobiga qoplanadi.
20. Davlat budjeti daromadlar qismining asosiy manbai bo’lib soliqlar
hisoblanadi. Soliq iqtisodiy kategoriya sifatida, sof daromadning bir qismini budjetga
jalb qilish shakli bo’lib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi.
21. Soliq stavkasi va daromadlar o’rtasidagi nisbatga asoslanib, soliqlar odatda
progressiv (o’sib boruvchi), proportsional (mutanosib) va regressiv (kamayib boruvchi)
soliqlarga bo’linadi.