419
tashkilotlarini moliyalash mexanizmini yanada takomillashtirish bo’yicha keng
ko’lamli ishlarni amalga oshirish lozimligi ko’rsatib o’tildi.
O’zbekistonda 2008 yilning 1 yanvaridan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi kuchga
kirdi. Mazkur kodeksning mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash,
barqaror o’sish sur’atlarini rag’batlantirishdagi ahamiyatini e’tiborga olgan holda,
uning amaliy ijrosini diqqat bilan o’rganish, qanday sharoitlarda samara berayotgani,
qaysi holatlarda esa uni yanada takomillashtirish yoki tuzatish kiritish zarurligini
aniqlash juda muhim.
Keyingi yillarda moliya, soliq va statistika hisobotlarining barcha shakllari va
muddatlari keskin qisqartirilmoqda. Soliqqa tortish stavkalari unifikatsiya qilindi va
kamaytirildi. Xususan, kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovi stavkasi 2008
yilda 10 foizdan 8 foizga, 2009 yildan boshlab esa 7 foizga tushirildi.
Respublikada 2005-2009 yillarda turli soliq stavkalarining o’zgarishi tahlili shuni
ko’rsatadiki, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i hamda dividend (foizlar)
shaklida olinadigan daromadlardan foyda solig’i 1,5 baravar, aktsiz solig’i 1,4
baravar, yagona soliq to’lovi 1,9 baravar, yagona ijtimoiy to’lov 1,3 baravar
pasaytirildi (21.4-jadval).