• Soliq – bu davlatning o’z vazifalarini amalga oshirishi uchun zarur bo’lgan moliyaviy mablag’larni shakllantirish maqsadida jismoniy va huquqiy shaxslardan
  •  Soliq tizimi va uning vazifalari




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet427/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   423   424   425   426   427   428   429   430   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

     
    3. Soliq tizimi va uning vazifalari 
     
    Davlat budjeti daromadlar qismining asosiy manbai bo’lib soliqlar hisoblanadi. 
    Soliq iqtisodiy kategoriya sifatida, sof daromadning bir qismini budjetga jalb 
    qilish shakli bo’lib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi. 
    Soliq 
    – bu davlatning o’z vazifalarini amalga oshirishi uchun zarur bo’lgan moliyaviy 
    mablag’larni shakllantirish maqsadida jismoniy va huquqiy shaxslardan 
    budjetga majburiy to’lovlarni undirish shakli.
    Soliq yordamida milliy daromadning tegishli qismi taqsimlanadi va qayta 
    taqsimlanadi. 
    Davlat tomonidan olinadigan soliqlar hamda ularning tashkil qilinish shakl va 
    usullari birgalikda soliq tizimini tashkil qiladi. 
    109
    Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. – 
    T.: O’zbеkiston, 2009, 30-b. 


    414 
    Milliy iqtisodiyotda soliqlar quyidagi uchta muhim vazifani bajaradi: 
    - davlat xarajatlarini moliyalashtirish (fiskal vazifasi); 
    - ijtimoiy tanglikni yumshatish (ijtimoiy vazifasi); 
    - iqtisodiyotni tartibga solish (tartibga solish vazifasi). 
    Davlat sarflari soliq tushumlari hisobiga amalga oshsada, davlat sarflari 
    miqyosining o’sishi o’z navbatida soliqlarning o’sishini taqozo qiladi va uning 
    darajasini belgilab beradi. 
    Hozirgi davrda umumiy tendentsiya bo’lgan davlat sarflarining va shunga mos 
    ravishda soliq hajmining o’sib borishini quyidagi omillar taqozo qiladi.
    1. Aholi sonining o’sishi.
    2. Ijtimoiy soha xizmatlari sifatiga talabning ortishi va urbanizatsiya.
    3. Atrof-muhitning ifloslanishi.
    4. Daromadlar tengsizligini qisqartirish dasturlarini amalga oshirish. 
    5. Milliy mudofaa, davlat xavfsizligini ta’minlash xarajatlari hajmining o’sishi. 
    Korxonalar faoliyatini soliq yordamida tartibga solish quyidagi umumiy 
    tamoyillari asosida amalga oshiriladi: 
    - barcha daromadlardan, ularning manbalariga bog’liq bo’lmagan holda soliq 
    undirishning majburiyligi; 
    - soliq undirishda barcha uchun yagona umumdavlat siyosati; 
    - samarali ishlovchi korxonalarda hamda xo’jalik yuritishning ilg’or shakllari 
    uchun soliq me’yorlarining rag’batlantiruvchi rolini ta’minlash; 
    - soliq to’lovi bo’yicha barcha sub’ektlar majburiyati ustidan moliyaviy nazorat. 
    Soliq stavkasini belgilash bir qator tamoyillarga asoslanadi.

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   423   424   425   426   427   428   429   430   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish