• Davlat krediti – davlat qarz oluvchi yoki kreditor sifatida maydonga tushadigan barcha moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar yig’indisi.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet425/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   421   422   423   424   425   426   427   428   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    Davlat ichki qarzi – bu 
    davlatning mamlakat ichida zayomlar va boshqa qimmatli qog’ozlarini chiqarish, 
    turli nobudjet fondlari (sug’urta fondi, ishsizlik bo’yicha sug’urtalash fondi, pensiya 
    fondi)dan qarz olish
    ko’rinishidagi
    qarzlari.
    Budjet taqchilligini moliyalashtirish (qoplash)ning muhim ko’rinishlaridan biri 
    davlat krediti hisoblanadi. 
    Davlat krediti – davlat qarz oluvchi yoki kreditor sifatida 
    maydonga tushadigan barcha moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar yig’indisi.
    Moliyaviy resurslarni davlat tomonidan qarzga olishning asosiy shakli – bu davlat 
    qarz majburiyatlari (zayomlari)ni chiqarish hisoblanadi. Ularni joylashtirish jarayonida 
    davlat aholi, banklar, savdo va sanoat kompaniyalarining vaqtincha bo’sh turgan pul 
    mablag’larini jalb qiladi. 
    Davlat o’z majburiyatlarini nafaqat xususiy sektorda joylashtirishi, balki ularni 
    Markaziy bankda hisobga olishi ham mumkin. Bunda bank muomalaga pulning tovar 
    hajmining ko’payishi bilan bog’liq bo’lmagan qo’shimcha miqdorini chiqaradi. 
    Mazkur holda, davlat budjetini moliyalashtirish pul muomalasiga to’g’ridan-to’g’ri 
    inflyatsion ta’sir ko’rsatadi. Pul massasining o’sishi jamiyat haqiqiy boyligining 
    ko’payishi bilan birga bormaydi. 
    Davlat qarzlarining to’xtovsiz ko’payib borishi, milliy daromadni foiz to’lovlari 
    shaklida tobora ko’proq qayta taqsimlanishga olib keladi. 
    Katta budjet taqchilligi va davlat majburiyatlari bo’yicha foiz to’lovlari o’sish 
    sharoitida, davlat qarzlarini to’lash vaqtini imkon darajada cho’zishga harakat qiladi. 
    Buning uchun turli xil usullardan foydalanish mumkin. Jumladan davlat o’zining qisqa 
    muddatli majburiyatlarini o’rta va uzoq muddatli zayomlarga almashtiradi. U o’zining 
    qisqa muddatli majburiyatlarini, ancha yuqori foiz bo’yicha yangi, uzoq muddatli 
    zayomlar chiqarish hisobiga ham sotib olish mumkin. Bunday turdagi tadbirlar qisqa 
    davrli samara berishi va vaqtincha davlatning moliyaviy ahvolini yengillashtirishi 
    mumkin, chunki u odatda kelgusida foiz stavkasining oshishi va qarzlar umumiy 
    miqdorining o’sishi bilan bog’liq. 
    Xo’jalik hayoti baynalminallashuv jarayonlarining tez o’sishi, xalqaro kreditning 
    jadal rivojlanishi natijasida davlat o’ziga zarur bo’lgan moliyaviy resurslarni jalb 
    qilish uchun bo’sh pul mablag’larining milliy chegaradan tashqaridagi manbalaridan 
    faol foydalanadi. Buning natijasida tashqi qarz vujudga keladi. 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   421   422   423   424   425   426   427   428   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish