416
ta’minlaydi. Soliqlar yanada oshirilganda ishlashga va tadbirkorlikka qiziqish
susayadi, 100 foizli soliq olishda davlat daromadi nolga teng bo’ladi, chunki hech kim
tekinga ishlashni xohlamaydi. Boshqacha aytganda, uzoq muddatli istiqbolda haddan
tashqari yuqori o’rnatilagan soliqlarni pasaytirish jamg’armalar, investitsiyalar,
bandlikning ortishi orqali soliq undiriladigan yalpi daromad hajmining o’sishini
ta’minlaydi. Natijada soliq tushumlari summasi ko’payadi, davlat daromadlari hajmi
o’sadi, taqchillik kamayadi va inflyatsiyaning susayishi ro’y beradi. Lekin o’z-o’zidan
tushunarliki, Laffer samarasi faqat erkin bozor mexanizmi me’yorida amal qilgan
holdagina namoyon bo’ladi.