O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet418/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   414   415   416   417   418   419   420   421   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

 
Asosiy tayanch tushunchalar: 
 
Ishchi kuchi – insonning mehnatga bo’lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining 
yig’indisi. 
Ishchi kuchini takror hosil qilish – insonning mehnatga bo’lgan jismoniy kuchlari 
va aqliy qobiliyatlarini uzluksiz qayta tiklash va ta’minlab turish, ularning mehnat 
malakasini muttasil yangilab va oshirib borish, umumiy bilim va kasbiy darajasi 
o’sishini ta’minlash, qarigan ishchilar o’rnini bosadigan yosh ishchilar avlodini 
yetishtirish jarayoni. 
Yalpi ishchi kuchi – jamiyat yoki alohida olingan mamlakat miqyosida qiymat va 
iste’mol qiymatlarini yaratishda ishtirok etuvchi bir-biri bilan chambarchas bog’liq 
holda faoliyat qiluvchi ishchi kuchlarining umumlashtirilgan majmui. 
Ishchi kuchi talabi – muayyan vaqtda ish haqining tarkib topgan darajasida turli 
ish beruvchilar tomonidan ishchi kuchi miqdori va sifatiga bildirilgan talab.

Ishchi kuchi taklifi – muayyan vaqtda ish haqining tarkib topgan darajasida ishga 


yollanishga tayyor bo’lgan mehnatga layoqatli ishchi kuchi miqdori. 
Aholining tabiiy o’sishi – bu aholining emigratsiya va immigratsiyadan tashqari 
harakati. 
Emigratsiya – fuqarolarning o’z mamlakatlaridan boshqa mamlakatlarga doimiy 
yashash uchun ko’chib o’tishi. 


407 
Immigratsiya – xorijiy fuqarolarning doimiy yashash uchun mamlakatga ko’chib 
kelishi. 
Ishsizlik – mehnatga layoqatli bo’lib, ishlashni xohlagan, lekin ish bilan 
ta’minlanmagan ishchi kuchi. 
Friktsion ishsizlik – malakasiga mos ish qidirayotgan va ish o’rinlar bo’shashini 
kutayotganlarni namoyon etuvchi ishsizlik. 
Tarkibiy ishsizlik – ishlab chiqarish va yalpi talab tarkibidagi o’zgarishlar 
natijasida vujudga keladigan ishsizlik. 
Siklik ishsizlik – iqtisodiy siklning inqiroz fazasi bilan bog’liq ravishda vujudga 
keladigan ishsizlik. 
Ishsizlik darajasi – ishsizlarning ishchi kuchi tarkibidagi foizli nisbati. 
Ouken qonuni – ishsizlik darajasi va YAIM hajmining orqada qolishi o’rtasidagi 
nisbatning matematik ifodasi. 

Download 8,58 Mb.
1   ...   414   415   416   417   418   419   420   421   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish