• Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari
  • Ishsizlik darajasi ishsizlar sonining ishchi kuchi tarkibidagi foizi sifatida




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet413/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   409   410   411   412   413   414   415   416   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    Ishsizlik darajasi ishsizlar sonining ishchi kuchi tarkibidagi foizi sifatida 
    hisoblanadi. 
    %.
    100


    soni
    kuchi
    Ishchi
    soni
    Ishsizlar
    darajasi
    Ishsizlik
    Ishsizlik darajasini baholash bilan birga uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini ham 
    hisobga olish zarur bo’ladi. Chunki ishsizlikning o’zi haddan tashqari yuqori darajasi 
    bilan katta iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. 
    Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari
    uning ta’sirida ishlab chiqarilmay qolgan 
    mahsulot hajmi orqali baholanadi. Iqtisodiyot barcha ishlashni xohlagan va ishlay 
    oladiganlar uchun yetarli miqdorda ish joylarini yaratish holatiga ega bo’lmasa 
    mahsulot ishlab chiqarish potentsial imkoniyatining bir qismi yo’qotiladi. 
    Iqtisodiy adabiyotlarda bu yo’qotish yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmining 
    orqada qolishi sifatida aniqlanadi hamda u haqiqiy YaIMning potentsial YaIMdan 
    kam bo’lgan hajmi sifatida ko’rinadi. Ishsizlik darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, YaIM 
    hajmining orqada qolishi shunchalik katta bo’ladi.
    Makroiqtisodiyot sohasidagi taniqli tadqiqotchi A.Ouken ishsizlik darajasi va 
    YaIM hajmining orqada qolishi o’rtasidagi nisbatini matematik ifodalab beradi. 
    Bu 
    nisbat iqtisodchilar orasida Ouken qonuni sifatida tanilgan bo’lib, agar 
    ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan bir foizga ortiq bo’lsa, 
    YaIM hajmining orqada qolishi 2,5% ni tashkil qilishini ko’rsatadi
    .
    Ayrim hollarda milliy mahsulotning haqiqiy hajmi potentsial hajmidan ortib 
    ketishi ham mumkin. Bunday hol ishsizlik darajasi tabiiy darajadan ham past bo’lgan 
    davrlarda ro’y beradi. Ishlab chiqarishga ishchilarning qo’shimcha smenalarini jalb 
    qilish, kapital uskunalardan belgilangan me’yordan ortiqcha darajada foydalanish, ish 
    vaqtidan keyin qo’shimcha ishlash va o’rindosh ishlarda band bo’lish kabilar buning 
    asosiy sabablaridir.

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   409   410   411   412   413   414   415   416   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishsizlik darajasi ishsizlar sonining ishchi kuchi tarkibidagi foizi sifatida

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish