• Turg’un ishsizlik mehnatga layoqatli aholining ish joyini yo’qotgan, ishsizlik bo’yicha nafaqa olish huquqidan mahrum bo’lgan va faol mehnat faoliyatiga
  • To’la bandlik sharoitidagi ishsizlik darajasi ishsizlikning tabiiy darajasi deb ataladi.
  • Birinchidan
  • Ikkinchidan
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet412/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   408   409   410   411   412   413   414   415   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    Hududiy ishsizlik
    muayyan hududdagi tarixiy, demografik, madaniy, milliy 
    va ijtimoiy-ruhiy xususiyatdagi bir qator kompleks omillar ta’siri ostida ishchi 
    kuchi talabi va taklifi o’rtasidagi nomutanosiblik natijasi hisoblanadi.
    Yashirin ishsizlik
    uchun ish kuni yoki ish haftasi davomida to’liq band 
    bo’lmaslik xos. 
    Iqtisodiyot rivojlanishi darajasining pasayishi korxonalardagi ishlab 
    chiqarish hajmining qisqarishiga olib keladi. Biroq, korxona egalari o’z ishchilarini 
    birdaniga ishdan bo’shata olmaydilar. Buning natijasida ishchilarning ma’lum qismi 
    rasman ish bilan band bo’lsalarda, amalda to’liq holda ishlamaydilar. Buning 
    natijasida mehnat unumdorligi pasayib, korxona moliyaviy natijalariga ta’sir 
    ko’rsatadi. Yashirin ishsizlik mamlakatda vujudga kelishi mumkin bo’lgan ijtimoiy 
    keskinlikka yo’l qo’ymaslikka intilish natijasida ham paydo bo’ladi.
    Turg’un ishsizlik
    mehnatga layoqatli aholining ish joyini yo’qotgan, ishsizlik 
    bo’yicha nafaqa olish huquqidan mahrum bo’lgan va faol mehnat faoliyatiga 
    hech qanday qiziqishi bo’lmagan qismini qamrab oladi.
    «To’la bandlik» tushunchasi iqtisodiyotda ishsizlikning mutlaq mavjud 
    bo’lmasligini bildirmaydi. Iqtisodchilar friktsion va tarkibiy ishsizlikning bo’lishini 
    tabiiy deb hisoblaydilar, shu sababli to’la bandlik ishchi kuchining 100% dan kam 
    qismini tashkil qiluvchi miqdor sifatida aniqlanadi. Aniqroq aytganda, to’la bandlik 
    sharoitida ishsizlik darajasi friktsion va tarkibiy ishsizlar soniga teng bo’ladi. siklik 
    ishsizlik nolga teng bo’lganda to’la bandlik sharoitidagi ishsizlik darajasiga erishiladi. 
    To’la bandlik sharoitidagi ishsizlik darajasi ishsizlikning tabiiy darajasi deb 
    ataladi.
    Ishsizlikning tabiiy darajasi bilan bog’liq bo’lgan milliy ishlab chiqarishning 
    real hajmi, iqtisodiyotning ishlab chiqarish salohiyatini ko’rsatadi.
    To’la bandlik yoki ishsizlikning tabiiy darajasi ishchi kuchi bozori muvozanatiga 
    erishganda, ya’ni ish izlovchilar soni bo’sh ishchi o’rinlari soniga teng kelganda 
    vujudga keladi. Ishsizlikning tabiiy darajasi qandaydir darajada iqtisodiy jihatdan 
    maqbul hisoblanadi. Chunki «friktsion» ishsizlarga mos keluvchi ish o’rinlarini topish, 
    «tarkibiy ishsizlarga» ham yangi kasbni o’zlashtirish yoki yangi yashash joyida ish 
    topish uchun ma’lum vaqt kerak bo’ladi.
    «Ishsizlikning tabiiy darajasi» tushunchasi ma’lum bir aniqliklar kiritishni talab 
    qiladi. 
    Birinchidan,
    bu tushuncha iqtisodiyot har doim ishsizlikni tabiiy darajasida amal 
    qilishi va shu orqali o’zining ishlab chiqarish imkoniyatini ro’yobga chiqarishini 
    bildirmaydi. Chunki, ko’pincha ishsizlik darajasi tabiiy darajadan ortiq, ayrim 
    hollarda, masalan, ish vaqtidan ortiqcha ishlash va o’rindoshlik ishlarida band bo’lish 
    natijasida tabiiy darajadan past ham bo’lishi mumkin.
    Ikkinchidan,
    ishsizlikning tabiiy darajasi o’z-o’zicha doimiy miqdor hisoblanishi 
    shart emas, u tarkibiy o’zgarishlar (qonunlar va jamiyat urf-odatlaridagi o’zgarishlar) 
    oqibatida o’zgarib turishi mumkin. Masalan, AQSHda ishsizlikning tabiiy darajasi 
    dastlab XX asr 60-yillarining o’rtalarida 4,5% deb belgilangan bo’lsa, 70-yillarning 
    boshiga kelib 5,5%, 80-yillarning boshida esa 6% gacha o’sdi. 


    402 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   408   409   410   411   412   413   414   415   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish