• Institutsional-sotsiologik maktab namoyandalari
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet408/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   404   405   406   407   408   409   410   411   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    Monetar maktab namoyandalari
    (M.Fridmen, E.Felps va boshqalar) bozor 
    iqtisodiyotini o’z-o’zidan tartiblanuvchi tizim sifatida baholab, undagi narx 
    mexanizmining o’zi bandlikning oqilona darajasini belgilab berishini ta’kidlaydilar. 
    Bunday tizimga davlat tomonidan har qanday aralashuv bozorning o’zini-o’zi tartibga 
    solish mexanizmini ishdan chiqaradi. Davlatning pul vositasida yalpi talabni 
    rag’batlantirishi esa pirovardida inflyatsiya jarayonlarining kuchayishini keltirib 
    chiqaradi. 
    Monetaristlar iqtisodiyotda doimo ma’lum darajada ishsizlik mavjud bo’lishini 
    ta’kidlab, uni «ishsizlikning tabiiy me’yori» deb ataydilar. Bandlikning bu «tabiiy 
    daraja»dan chetlanishi faqat qisqa muddatli tavsif kasb etadi. Agar bandlik darajasi 
    muvozanat darajasidan ortiq bo’lsa, bu inflyatsiyaning jadallashuviga, agar kam 
    bo’lsa, deflyatsiyaning jadallashuviga olib keladi. Bandlikni barqarorlashtirish 
    bo’yicha siyosat ishsizlik darajasini uning tabiiy me’yoridan chetlanishiga, ishlab 
    chiqarish hajmi va band bo’lganlar sonining tebranishlariga qarshi kurashga 
    yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Ishchi kuchi bozorini muvozanatga keltirish uchun 
    monetaristlar asosan pul-kredit siyosati dastaklaridan foydalanishni tavsiya etadilar. 
    Institutsional-sotsiologik maktab namoyandalari
    (T.Veblen, J.Danlop, 
    J.Gelbreyt, L.Ulman va boshqalar) ishchi kuchi bandligi borasidagi muammolar turli 
    ko’rinishdagi institutsional islohotlar yordamida hal etilishi mumkin, degan qoidaga 
    asoslanadilar. Ular bu muammoning faqat makroiqtisodiy jihatdan tahlili bilan 


    399 
    chegaralanmaydilar. Shuningdek, ular ishchi kuchi tarkibi va unga tegishli holda ish 
    haqi darajasidagi ijtimoiy, kasbiy, tarmoq, yosh, jins, etnik va boshqa tafovutlar 
    ta’sirida ishchi kuchi bozorida vujudga keladigan nomuvofiqliklarni izohlashga 
    harakat qildilar. 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   404   405   406   407   408   409   410   411   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish