• Ikkinchidan
  • To’rtinchidan
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet405/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   401   402   403   404   405   406   407   408   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    Birinchidan,
    ishchi kuchi bozori ikki mustaqil sub’ekt – kapital egasi va ishchi 
    kuchi egasi manfaatlarining to’qnashib, o’zaro kelishadigan munosabatlari 
    hisoblanadi. Ularni bozorga o’zaro qarama-qarshi istak va maqsadlar yetaklaydi, ya’ni 
    ularning biri ishchi kuchini sotib, daromad olishni istasa, boshqa biri uni xarid qilib, 
    ishlatib foyda ko’rishni istaydi. Ular o’rtasidagi savdo bitimi ishchi kuchi egasining 
    o’zi bo’yicha emas, balki uning mehnat qilish layoqati, undan foydalanish shartlari va 
    davomiyligi bo’yicha boradi. Bitim natijasi bo’lib kapital egasi tomonidan sotib 
    olingan ishchi kuchi evaziga to’lanadigan ish haqi miqdori hisoblanadi.


    396 
    Ikkinchidan,
    boshqa har qanday tovar bozorlarida bo’lgani singari, ishchi kuchi 
    bozorida ham ishchilar o’rtasida bo’sh ishchi o’rnini egallash borasida raqobat kurashi 
    vujudga keladi.
    Uchinchidan,
    ishchi kuchi bozori ishchi kuchi yalpi taklifining unga bo’lgan 
    yalpi talabdan doimiy ravishda ko’proq bo’lishi tendentsiyasi bilan tavsiflanadi. Bu 
    esa bozorda ishchilar band bo’lmagan qismi (ishsizlar)ning paydo bo’lishiga olib 
    keladi. 
    To’rtinchidan,
    bozor iqtisodiyotining siklli rivojlanishi odatda inflyatsiya va 
    ishsizlik bilan birga boradi. Bu ikkala jarayon o’rtasida ma’lum o’zaro bog’liqlik 
    mavjud bo’lib, u pirovardida ishchilar ommasi hayot darajasining ahamiyatli darajada 
    pasayib ketishi (narxlarning oshishi, ish haqining qisqarishi, to’lovga qodir talabning 
    pasayishi va h.k.) orqali namoyon bo’ladi. Muayyan iqtisodiy sharoitlarda ishchi kuchi 
    bozoridagi umumiy holat inflyatsiyaning o’sishi uchun asosiy sabab bo’lishi ham, 
    yoki, aksincha, uning o’sishiga to’sqinlik qilishi ham mumkin. Mamlakatdagi ishsizlik 
    darajasi qanchalik past bo’lsa, inflyatsiya ta’sirida narxlarning o’sish sur’atlari 
    shunchalik yuqori bo’ladi. Ingliz iqtisodchisi A.Fillips ishsizlik va inflyatsiyaning 
    o’sishi o’rtasidagi bog’liqlikni ko’rsatib berib, bu bog’liqlikni ifodalovchi egri chiziq 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   401   402   403   404   405   406   407   408   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish