O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet402/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

tugal migratsiya
– aholining doimiy yashash joyini o’zgartirishi bilan bog’liq 
migratsiya; 
2) 
tebranuvchi migratsiya
– ishchi kuchining bir hududdan boshqa hududga 
muntazam davriy ravishda qatnab ishlashi bilan bog’liq migratsiya; 
3) 
mavsumiy migratsiya
– mavsumiy ish faoliyati bilan bog’liq migratsiya; 
4) 
tasodifiy migratsiya
– ishchi kuchining ba’zi hollarda boshqa hududlarga 
borib kelishi bilan bog’liq migratsiya. 
Ishchi kuchi migratsiyasi shunchaki ro’y bermay, uning negizida ma’lum 
ijtimoiy-iqtisodiy sabablar yotadi. Ishchi kuchi migratsiyasining iqtisodiy vazifasi 
sifatida mamlakat bo’ylab mehnat resurslari samarali taqsimlanishini ta’minlash, 
ishchi kuchiga bo’lgan talab va taklif nisbatini muvofiqlashtirish hisoblanadi. Bu 
vazifaning amalga oshishi natijasida ishchi kuchidan foydalanish samaradorligi 
oshadi. 
Ishchi kuchi migratsiyasining ijtimoiy vazifasi aholi turmush darajasini oshirish, 
inson omilining ijtimoiy hayotdagi roli va mavqeini yanada yuksaltirishdan iborat.
Ishchi kuchini takror hosil qilish uning to’la va samarali ish bilan band bo’lish 
muammosini ham o’z ichiga oladi. Ish bilan to’la band bo’lishni mutlaq ma’noda 
tushunmaslik kerak. Birinchidan, ishsizlikning ma’lum darajasi iqtisodiyot uchun 
me’yordagi hol hisoblanadi. Ikkinchidan, ish bilan to’la band bo’lish mehnatga 
layoqatli barcha kishilar albatta umumlashgan (davlat va jamoa korxonalarida) ishlab 
chiqarishga jalb etilishi zarurligini anglatmaydi. Ularning bir qismi o’zini oilada 
xizmat ko’rsatishga, bolalar tarbiyasiga, shuningdek, xususiy korxonalar va shaxsiy 
yordamchi xo’jalikda mehnat qilishga, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan 
shug’ullanishga bag’ishlashi mumkin. Uchinchidan, ish bilan to’la band bo’lish uning 
samaradorligi bilan, mehnat resurslaridan g’oyat oqilona foydalanish bilan qo’shib 
olib borilishi kerak. 

Download 8,58 Mb.
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish