|
bir-biri bilan chambarchas bog’liq holda faoliyat qiluvchi ishchi kuchlarining Pdf ko'rish
|
bet | 399/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASIbir-biri bilan chambarchas bog’liq holda faoliyat qiluvchi ishchi kuchlarining
umumlashtirilgan majmui. Ya
lpi ishchi kuchining takror hosil qilinishi jarayonlarini
o’rganish muhim bo’lib, bunda eng avvalo ishchi kuchining o’ziga to’xtalish
maqsadga muvofiqdir.
Ishchi kuchi
– bu insonning mehnatga bo’lgan aqliy va jismoniy
qobiliyatlarining yig’indisi bo’lib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi
hisoblanadi.
Takror ishlab chiqarish jarayonida faqatgina ishlab chiqarishning
moddiy-ashyoviy omillarigina emas, balki shaxsiy omili, ya’ni ishchi kuchi ham
takror ishlab chiqariladi.
Ishchi kuchini takror hosil qilish yoki uni takror ishlab chiqarish deganda
eng avvalo ishchining mehnat qobiliyatini qayta tiklashi, ya’ni uning
ovqatlanishi, kiyinishi, dam olishi va madaniy hordiq chiqarishi tushuniladi.
Bu
esa ishchi uchun oila, uy-joy va boshqa shart-sharoitlar yaratilishi bilan bog’liqdir.
Bundan tashqari ishchi va xizmatchilarning hozirgi avlodi ma’lum vaqt o’tishi bilan
qariydi. Ularning o’rinlarini bosadigan o’rinbosarlar ham tayyorlanishi lozim bo’ladi.
Ishchi kuchini takror hosil qilish jarayonini tadqiq etish uning miqdoriy va sifat
jihatlarini ajratishni taqozo etadi.
Ishchi kuchining miqdori mamlakat aholisining
mehnatga layoqatli bo’lgan qismi orqali ifodalanib, u ishchi kuchi resurslari deb
ham ataladi.
Insonning ishchi kuchi resurslari tarkibiga kiritilishining asosiy mezoni
bo’lib uning yoshi va mehnatga bo’lgan qobiliyati hisoblanadi. Odatda ishchi kuchi
resurslari tarkibiga 16 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan erkaklar, 16 yoshdan 55
yoshgacha bo’lgan ayollar kiritiladi. Lekin ijtimoiy ishlab chiqarish va boshqa
cohalarda band bo’lgan pensionerlar ham ishlashi mumkin.
Ishchi kuchining sifati uning tarkibining zamon talablari jihatidan ijtimoiy
|
| |