390
surunkali ravishda past darajada ushlab turilishi natijasida qarzga yashashning odatga
va kundalik holatga aylanishi; moliyaviy institutlarning majburiyatlari bilan ustav
mablag’lari o’rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi; qimmatli qog’ozlar
bo’yicha reyting tashkilotlari tomonidan soxta xulosalar berilishi va boshqalar
hisoblanadi.
10. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining respublikamiz iqtisodiyotiga ta’siri
boshqa rivojlangan va ayrim qo’shni davlatlardagiga qaraganda mazmunan farq qiladi.
Agar boshqa mamlakatlarda bu jarayonlar bevosita moliya tizimining izdan chiqishi
va ishlab chiqarish hajmlarining keskin qisqarib ketishi, ko’plab yirik korxonalarning
yopilishi orqali namoyon bo’lsa, O’zbekistonda inqirozning iqtisodiyotga ta’siri jahon
xomashyo bozorlarida eksport mahsulotlariga talabning susayishi tufayli narxlarning
keskin pasayishi hamda buning oqibatida eksport daromadlarining sezilarli kamayishi,
asosiy savdo hamkorlar xarid qobiliyatining pasayishi natijasida tashqi savdo
aylanmasining qisqarishi orqali namoyon bo’ladi.
11. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining O’zbekistonga ta’sirini jiddiy
bo’lmaganligi quyidagi yumshatuvchi omillarning mavjudligi bilan izohlanadi:
ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichma-bosqich
amalga oshirish yo’lini tanlanganligi; davlat bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o’z
zimmasiga olishi zarurligini aniq belgilab olinganligi; O’zbekistonda moliyaviy-
iqtisodiy, budjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori
korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun
yetarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganligi va zarur resurslar bazasining
mavjudligi; oqilona tashqi qarz siyosati olib borilganligi; aholining ish haqi va
daromadlarini izchil va oldindan oshirib borish hamda iste’mol bozorida narxlar
indeksining asossiz tarzda o’sishining oldini olishga doir chora-tadbirlarning izchillik
bilan amalga oshirilganligi; davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining
nechog’liq barqaror va ishonchli ekani, ularning himoya mexanizmlari qanchalik
kuchliligi.