O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet394/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   390   391   392   393   394   395   396   397   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

19.4-jadval 
Inqirozni bartaraf etishga ajratilgan
mablag’larning yo’nalishlari 
Mamlaka

Kredit 
mablag’lariga 
davlat 
kafolati 
Moliyaviy 
institutlar 
ustav 
kapitallariga 
qo’yilmalar 
YUqori riskli, 
shubhali 
aktivlarning 
xaridi 
Boshqalar 
Jami 
mlrd

doll. 
jamig
a nisb. 

mlrd

doll. 
jamig
a nisb. 

mlrd

doll. 
jamig
a nisb. 

mlrd

doll. 
jamig
a nisb. 

mlrd

doll. 
Rossiya 


185 
84 
11 

25 
11 
222 
Buyuk 
Britaniya 
393 
39 
79 



549 
54 
1020 
AQSH 
1769 50 
714 
20 
663 
19 
394 
11 
3539 


386 
Germaniy

539 
60 
177 
20 


176 
20 
893 
YAponiya 303 
53 




237 
47 
576 
Xitoy






570 
100 
570 
Jami 
3004 44 
1155 17 
674 
10 
1951 29 
6820 
 
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, inqirozni bartaraf etishga sarflangan 
jami mablag’lar 2008 yilda 6820 mlrd. dollarni tashkil qildi. Kredit mablag’lariga 
davlat kafolati uchun 3004 mlrd. dollar sarflangan, ya’ni jami ajratilgan 
mablag’lardagi salmog’i 44% ni tashkil qilgan, moliyaviy institutlar ustav kapitaliga 
maqsadli qo’yilmalar 1155 mlrd. dollarni tashkil qilgan bo’lib, ularning salmog’i 17% 
ni tashkil qilgan. YUqori riskli shubhali aktivlarni xarid qilish uchun sarflangan 
mablag’lar hajmi 674 mlrd. dollarni tashkil qilib, ularning jami ajratilgan 
mablag’lardagi salmog’i qariyib 10% ni tashkil qilmoqda.
 
5.
Jahon moliyaviy inqirozining O’zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri hamda uning 
oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos bo’lgan omillar 
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining O’zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri borasida 
Prezidentimiz o’z asarlarida quyidagicha ta’kidlaydilar: «...tobora chuqurlashib 
borayotgan jahon moliyaviy inqirozi mamlakatimizga ta’sir ko’rsatmaydi, bizni 
chetlab o’tadi, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Masalani bunday tushunish o’ta 
soddalik, aytish mumkinki, kechirib bo’lmas xato bo’lur edi. Barchamiz bir haqiqatni 
anglab yetishimiz lozim – O’zbekiston bugun xalqaro hamjamiyatning va global 
moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.
Buning tasdig’ini tashqi dunyo bilan aloqalarimiz tobora kengayib borayotganida, 
taraqqiy topgan yetakchi davlatlar ko’magida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, 
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo’yicha dasturlarning 
amalga 
oshirilayotganligida, 
O’zbekistonning 
xalqaro 
savdo 
tizimiga 
integratsiyalashuvida, mahsulot va tovarlar importi va eksportining o’sib borishida va 
boshqa misollarda yaqqol ko’rishimiz mumkin. Shu bois global moliyaviy inqiroz va 
birinchi navbatda uning oqibatlari iqtisodiyotimizning rivojlanishi va samaradorlik 
holatlariga ta’sir etayotganidan ko’z yumib bo’lmaydi»
103
.
Biroq, o’z o’rnida ta’kidlash lozimki, moliyaviy inqirozning respublikamiz 
iqtisodiyotiga ta’siri boshqa rivojlangan va ayrim qo’shni davlatlardagiga qaraganda 
mazmunan farq qiladi. Agar boshqa mamlakatlarda bu jarayonlar bevosita moliya 
tizimining izdan chiqishi va ishlab chiqarish hajmlarining keskin qisqarib ketishi
ko’plab yirik korxonalarning yopilishi orqali namoyon bo’lsa, O’zbekistonda 
inqirozning iqtisodiyotga ta’siri jahon xomashyo bozorlarida eksport mahsulotlariga 
talabning susayishi tufayli narxlarning keskin pasayishi hamda buning oqibatida 
103
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. – 
T.: O’zbеkiston, 2009, 11-b.


387 
eksport daromadlarining sezilarli kamayishi, asosiy savdo hamkorlar xarid 
qobiliyatining pasayishi natijasida tashqi savdo aylanmasining qisqarishi orqali 
namoyon bo’ladi.
«Jahon bozorida talabning pasayib borishi oqibatida O’zbekiston eksport 
qiladigan qimmatbaho va rangli metallar, paxta, uran, neft mahsulotlari, mineral 
o’g’itlar va boshqa mahsulotlarning narxi tushib bormoqda. Bu esa, o’z navbatida, 
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va investorlarning eksportdan oladigan tushumlari 
kamayishiga olib keladi. Ularning foyda ko’rishiga va ishlab chiqarish rentabelligiga, 
oxir-oqibatda esa makroiqtisodiy ko’rsatkichlarimizning o’sish sur’atlari va 
iqtisodiyotimizning boshqa tomonlariga salbiy ta’sir etadi»
104


Download 8,58 Mb.
1   ...   390   391   392   393   394   395   396   397   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish