384
SHuningdek, 2008 yil noyabr oyida Vashingtonda, jahon yalpi mahsulotining 85
foizi ishlab chiqaradigan 20 ta yirik davlat ishtirokida bo’lib o’tgan sammit global
moliyaviy inqirozning ko’lami tobora kengayib borayotganini tasdiqlagani, ushbu
sammitda bo’lib o’tgan muhokamalar bugun jahon moliyaviy inqirozining oldini olish
haqida emas, balki undan qanday qilib chiqish yo’llari izlanayotganligidan darak
berishini ta’kidlab o’tdilar.
Jahon moliyaviy inqirozi aksariyat rivojlangan mamlakatlar moliya tizimini
tubdan isloh qilish zarurligini keltirib chiqardi. Shunga ko’ra, AQSH va yevropa
Ittifoqi mamlakatlari o’zlarining bank tizimlarini inqirozdan qutqarish uchun yirik
tijorat banklarining aktsiyalarini sotib olib, ularni budjet mablag’lari hisobiga likvidli
aktivlar bilan ta’minlay boshladi.
AQSH hukumati iqtisodiyotga yirik masshtabdagi davlat aralashuvi siyosatini
yurita boshladi. AQSHning sobiq moliya vazirining tashabbusi bilan Kongress
«Polson rejasi» deb nomlanuvchi rejani qabul qildi. Mazkur rejaning umumiy hajmi
700 mlrd. dollarni tashkil qiladi.
Evropa Ittifoqi mamlakatlari inqirozdan chiqish bo’yicha tijorat banklari
kreditlari uchun davlat kafolatlari tizimidan foydalanishga kelishib olishdi. Bu holatda
kafolatlar banklararo kreditlar bo’yicha 5 yil muddatga taqdim etiladi va hukumat
banklarning imtiyozli aktsiyalarini sotib olish orqali ularni qo’llab-quvvatlash
imkoniyatlariga ega bo’ladi.
Masalan, AQSHda Federal zaxira tizimi qimmatli qog’ozlarni sotib olish orqali
xususiy sektorni to’g’ridan-to’g’ri moliyalashtirish amaliyotiga o’tish orqali
likvidlilikni taminlashning yangi usuliga o’tdi.
Buyuk Britaniya hukumati banklar va moliyaviy muassasalar aktsiyalariga 37
mlrd. funt sterling mablag’larini investitsiya qilishini e’lon qildi. Germaniya hukumati
esa, bank tizimini qo’llab-quvvatlash uchun kapital va kreditlar bo’yicha kafolatlar
shaklida 500 mlrd. yevro ajratishini e’lon qildi. Avstraliya hukumati esa barcha
omonatchilar pul jamg’armalarini 3 yilga kafolatlashini e’lon qildi va ipoteka
qimmatli qog’ozlarini sotib olish uchun 2,6 mlrd. dollar mablag’ ajratdi (19.3-
jadval)
102
. yevropaning yirik banklari milliylashtirildi, ya’ni davlat tomonidan sotib
olindi.