muntazam yoki aksincha tarzda yuz
berishiga ko’ra
davriy, oraliq, nomuntazam inqirozlarga ajratish mumkin.
Davriy inqirozlar
ma’lum vaqt mobaynida takrorlanib turadi.
Oraliq inqirozlar
to’liq sikl buyicha yuz bermaydi. siklning biron-bir fazasida
to’xtatiladi. Ular nisbatan uncha chuqur bo’lmay, qisqa muddat davom etadi.
Nomuntazam inqirozlar
biron-bir alohida sabablarga ko’ra yuz beradi. Masalan,
tabiiy ofat, sel, to’fon, qurg’oqchilik tufayli iqtisodiyot tang ahvolga tushib qolishi
mumkin.
3.
Takror ishlab chiqarish nisbatlarining buzilishi tavsifiga ko’ra
inqirozlar
ikkiga: ortiqcha ishlab chiqarish va taqchil ishlab chiqarish inqirozlariga bo’linadi.
Tovarlarni
ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi
turli naf keltiradigan ne’matlarni ko’p
ishlab chiqarish, lekin ularni to’la sota olmaslikda namoyon bo’ladi.
378
Taqchil ishlab chiqarish inqirozi
davrida muvozanat buzilib, yetishmovchilik
natijasida tang ahvol kelib chiqadi. Shunday qilib, iqtisodiyotning tang ahvolga
tushishiga faqat ortiqcha ishlab chiqarish emas, balki taqchil ishlab chiqarish ham
sabab bo’ladi.
4. Hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining mohiyati, kelib chiqish
sabablari va salbiy oqibatlari
2008 yilda o’zining ko’lami va salbiy ta’sir oqibatlari jihatidan ancha jiddiy
bo’lgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi boshlandi. Prezidentimiz «Jahon
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va
choralari» nomli asarlarida mazkur inqirozning mazmun-mohiyati hamda kelib chiqish
sabablarini quyidagicha bayon etdilar: «Bu inqiroz Amerika Qo’shma Shtatlarida
ipotekali kreditlash tizimida ro’y bergan tanglik holatidan boshlandi. So’ngra bu
jarayonning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik,
ya’ni to’lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketdi. Dunyoning
yetakchi fond bozorlarida eng yirik kompaniyalar indekslari va aktsiyalarining bozor
qiymati halokatli darajada tushib ketishiga olib keldi. Bularning barchasi, o’z
navbatida, ko’plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o’sish sur’atlarining
keskin pasayib ketishi bilan bog’liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib
chiqardi»
96
.
Bundan ko’rinadiki, dastlab AQSH ipoteka bozorlarida namoyon bo’lgan mazkur
inqiroz yetarlicha to’lov layoqatiga ega bo’lmagan, qarzlarni qaytarish qobiliyati
shubhali bo’lgan qarzdorlarga ipoteka kreditlari berish amaliyotining jadallashuvi
natijasida ro’y berdi.
Modomiki, ipoteka krediti o’zining mohiyati bo’yicha ko’chmas mulk garovi
hisobiga beriladigan kreditlar bo’lsada, AQSH bozorlari bunday likvidli ko’chmas
mulklarga yetarlicha «to’yindi» va ularning narxlari keskin tusha boshladi. Buning
ustiga investitsion banklarning AQSH ipoteka bozorlaridagi yangi moliyaviy
«mahsulot» hisoblangan aktivlarni sekyuritizatsiyalash bo’yicha operatsiyalarining avj
olishi ipoteka bozorlaridagi tanazzullik holatlari ehtimolligini oshirdi.
AQSH iqtisodiyoti yaratilgan shart-sharoitlar tufayli arzon kredit resurslariga
to’yindi va bu Federal zaxira tizimi (FZT) amalga oshirayotgan pul-kredit siyosatini
o’zgartirishiga olib keldi. Natijada 2004-2006 yillarda Federal zaxira tizimi foiz
stavkalarni 6,25% gacha ko’tardi. Kreditlarning qimmatlashuvi aholini ipotekaga
nisbatan talabining pasayishiga va kreditlarni qaytarish bo’yicha qarzdorlar
to’lovining qisqarishiga olib keldi. Boshqa tomondan, oziq-ovqat mahsulotlari va
energiya resurslari narxlarining o’sishi aholining kreditni qaytarish bo’yicha
moliyaviy imkoniyatlarining cheklanishiga olib keldi. 2000-2007 yillar mobaynida
jahon bozoridagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxi o’rtacha ikki barobarga oshdi,
96
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. –
T.: O’zbеkiston, 2009, 4-b.
379
benzin narxi esa 3,5 barobarga oshdi. Neft narxi rekord darajada, ya’ni bir barreli 147
dollardan ortdi.
Pirovard natijada 2007 yil boshida AQSHda aholining ipoteka kreditlarini
qaytarishi bilan bog’liq muammo kuchaydi. Qarzdorlarning ko’chmas mulk garovi
bilan olingan kreditlarni qaytarishdan ko’ra to’lovlarni to’lashdan bosh tortish holati
kengaydi. Banklarning to’lov qobiliyatiga ega bo’lmagan mijozlarning ko’chmas
mulklarini qayta sotuvga qo’yishi natijasida ipoteka bozoridagi taklif ko’payib,
bozordagi narxlarning keskin pasayishiga olib keldi.
Aksariyat moliyachi-iqtisodchilar vujudga kelgan moliyaviy inqirozning haqiqiy
sabablaridan biri sifatida rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni haddan ziyod
ortiqcha erkinlashtirish siyosatining «mevasi» ekanligini, ya’ni «o’z-o’zini
boshqaruvchi bozor» g’oyasini ilgari surish orqali davlatning milliy iqtisodiyotga va
xususan moliyaviy bozorlarga aralashuvini cheklanganligi bilan ham izohlamoqdalar.
Shu o’rinda, jahon moliyaviy inqirozining yuzaga kelishida asosiy sabab –
moliyaviy resurslar bilan real ishlab chiqarish hajmi o’rtasidagi mutanosiblikning
keskin buzilishi hisoblanishini ta’kidlash lozim. Pul muomalasi qonunlaridan
ma’lumki, iqtisodiyot sog’lom va barqaror amal qilishi uchun muomalaga
chiqarilayotgan pul massasi bilan tovar va xizmatlar ishlab chiqarish real hajmi
o’rtasida muayyan nisbatga amal qilinishi lozim. Biroq, milliy iqtisodiyotlarning
baynalminallashuvi va globallashuv jarayonlari pul muomalasining amal qilishiga ham
o’z ta’sirini o’tkazib, dastlab ayrim mamlakatlar, masalan AQSHda, keyinchalik
ko’plab mamlakatlarda mazkur qonunga rioya qilishning zaiflashuviga, keyin esa uni
umuman e’tiborga olmaslikka qadar olib keldi. Jumladan, o’tgan asrning 70-yillariga
qadar amal qilib kelgan jahon valyuta tizimlari pullarning oltin yoki tovar mazmunini
ta’minlash orqali iqtisodiy munosabatlarning barqarorligiga zamin yaratdi. Biroq,
jahon amaliyotida 1976 yildan boshqariladigan, suzib yuruvchi valyuta tizimiga
o’tgach, pulning oltin mazmuni yo’qolib, asosan AQSH dollari yetakchi valyutaga
aylangach, uning muomalaga chiqarilishini nazorat qilib bo’lmay qoldi. Keyingi
yillarda globallashuv jarayonining jadallashuvi ta’sirida xalqaro iqtisodiy aloqalarda
qat’iy valyutaga bo’lgan talabning yanada kuchayishi AQSH tomonidan hech qanday
tovar bilan ta’minlanmagan pullarning muomalaga chiqarilish jarayonini yanada tezlatib
yubordi. Ma’lumotlarga ko’ra, muomaladagi pul massasi (naqd, kredit pullar va turli
to’lov vositalari)ning tovar va xizmatlar ishlab chiqarish real hajmidan deyarli 10
baravar, agar pulning aylanish tezligini ham hisobga olinsa, muomala uchun zarur
bo’lgan pul miqdoridan, ya’ni pulga bo’lgan talabdan bir necha o’n baravar ko’payib
ketganligini anglatadi.
Shu bilan bir qatorda, asosan yetakchi rivojlangan mamlakatlarda kuzatilgan
quyidagi salbiy holatlar ham moliyaviy inqirozning vujudga kelishiga asosiy
sabablaridan hisoblanadi:
-
noratsional pul-kredit siyosatini, hamda qayta moliyalash stavkasini surunkali
ravishda past darajada ushlab turilishi natijasida qarzga yashashning odatga va
kundalik holatga aylanishi;
380
-
moliyaviy institutlarning majburiyatlari bilan ustav mablag’lari o’rtasidagi
mutanosiblikning keskin buzilishi;
-
qimmatli qog’ozlar bo’yicha reyting tashkilotlari tomonidan soxta xulosalar
berilishi;
-
moliyaviy audit va professional etika tamoyillarini buzilishi va soxta audit
xulosalari taqdim etilishi;
-
moliyaviy rag’batlantirish uslubi sifat ko’rsatkichlariga emas, balki miqdoriy
ko’rsatkichlarga asoslanganligi;
-
yuqori riskli va murakkab hosilaviy qimmatbaho qog’ozlarni vujudga kelishi va
hokazo.
Prezidentimiz o’z asarlarida dunyoning hozirgi vaqtda bir qator yetakchi tahlil va
ekspertlik markazlari global moliyaviy inqiroz holatini va uning yuz berishi mumkin
bo’lgan oqibatlariga doir materiallarni o’rganish va umumlashtirish natijasida
quyidagi xulosalarga kelayotganligini ta’kidlab o’tdilar. YA’ni,
|