• Pul-kredit sohasidagi inqiroz.
  • Valyuta inqirozi. Bunda milliy valyutaning obro’si tushib ketadi. Bankda valyuta zaxirasi tugab, milliy valyuta kursi tushib ketadi. Birja inqirozi.
  • Ekologik inqiroz.
  • Tarkibiy inqirozlar.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet386/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   382   383   384   385   386   387   388   389   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    muvozanatning buzilishi
    miqyosiga ko’ra
    inqirozlarni 
    umumiy hamda ayrim sohalarda yuz beradigan inqirozlarga bo’lish mumkin. Umumiy 
    inqirozlar butun milliy xo’jalikni qamrab olsa, ikkinchisi qisman, ya’ni ayrim sohalar 
    yoki tarmoqlardagi tanglik sifatida ro’y beradi. 
    Ayrim sohalardagi inqirozlar orasida moliyaviy inqiroz muhim o’rin tutib, u o’z 
    ichiga pul-kredit sohasidagi inqiroz, valyuta inqirozi, birja inqirozi va boshqalarni 
    oladi. Hozirgi vaqtda AQSH va yevropaning aksariyat mamlakatlarida ro’y berayotgan 
    inqiroz ham dastlab moliya sohasida boshlanib, keyinchalik ishlab chiqarish sohasiga 
    ham tutashib ketdi. 
    Pul-kredit sohasidagi inqiroz.
    Mamlakatda pul-kredit tizimining tang ahvolga 
    tushishi bo’lib, bunda tijorat va bank krediti qisqaradi. Aktsiya va obligatsiyalarning 
    kursi, bank foizi tushib ketishi natijasida banklar sinib, yalpi holda bankrotlikka 
    uchraydilar. 
    Valyuta inqirozi.
    Bunda milliy valyutaning obro’si tushib ketadi. Bankda valyuta 
    zaxirasi tugab, milliy valyuta kursi tushib ketadi.
    Birja inqirozi.
    Bu tanglik birjada qimmatli qog’ozlar kursining tezda tushib 
    ketishi, ularni emissiya qilishni qisqarishi, fond birjalari faoliyatidagi chuqur 
    tushkunlikda ifodalanadi. 
    Ekologik inqiroz.
    Atrof-muhitni eng avvalo inson sog’lig’ini yo’qotish, umrini 
    qisqartirishga olib keladigan darajada vaziyatni vujudga kelishida ifodalanadi. U 
    sanoatning shiddatli tarzda o’sishiga yo’l qo’ymaydi. 
    Tarmoqlar inqirozi.
    Bu milliy xo’jalikning biron-bir tarmog’ini qamrab, ishlab 
    chiqarishning tarkibiy o’zgarishi yoki normal xo’jalik aloqalarining buzilishi tufayli 
    yuz beradi.
    Tarkibiy inqirozlar.
    Iqtisodiyotdagi inqirozlardan bir ko’rinishi yoki uning bir 
    turi tarkibiy inqirozlardir. Bu inqirozlarni ishlab chiqarishning ayrim sohalari bilan 
    tarmoqlar rivojlanishi o’rtasidagi chuqur nomutanosibliklar keltirib chiqaradi. 
    Tarkibiy inqirozlar bilan iqtisodiy tebranishlar va shu jumladan iqtisodiy 
    faollikning mavsumiy tebranishlari ham mavjud bo’ladi. Masalan, bayramlar 
    arafasidagi xarid qilish, iste’mol tovarlarining faollik sur’atida, asosan chakana 
    savdoda sezilarli har yillik tebranishlarga olib keladi. Qishloq xo’jaligi, avtomobil 
    sanoati, qurilish ham qandaydir darajada mavsumiy tebranishlarga duchor bo’ladi. 
    Iqtisodiy faollik iqtisodiyotdagi uzoq muddatli tamoyillarga, ya’ni uzoq muddatli 
    davr, masalan, 25, 50 yoki 100 yil davomida iqtisodiy faollikning ortishi yoki 
    pasayishiga bog’liq. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, ayrim mamlakatlarda (masalan 
    AQSH) uzoq muddatli tamoyil sezilarli iqtisodiy o’sish bilan tavsiflansa, boshqalari 
    uchun iqtisodiy o’sishning sekinlashuvi xos. 
    Iqtisodiy faollikning tebranishini tushuntiruvchi ko’plab qarashlar mavjud 
    bo’lishiga qaramasdan, ko’pchilik iqtisodchilar ishlab chiqarish va bandlik darajasini 
    bevosita aniqlovchi omil umumiy yoki yalpi sarflar darajasi hisoblanadi, deb 
    tasdiqlaydi. 


    377 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   382   383   384   385   386   387   388   389   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish