Inqirozlarning mazmuni va turlari




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet385/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   381   382   383   384   385   386   387   388   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

 
3. Inqirozlarning mazmuni va turlari 
Siklli rivojlanishning dastlabki va asosiy fazasi inqiroz hisoblanadi. Shunga ko’ra 
ushbu fazaning mazmuni va uning turlarini batafsil ko’rib chiqish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi.
Inqiroz bir siklni nihoyasiga yetkazib, yana muqarar ravishda inqiroz bilan 
tugaydigan yangisining boshlanishiga asos soladi; inqiroz vaziyatida asosiy 
kapitalning ortiqcha jamg’arilishi uning hamma funktsional shakllarida namoyon 
bo’ladi. 
Inqiroz fazasida ishlab chiqarish va bandlik qisqaradi, ammo narxlar pasayish 
tamoyiliga berilmaydi. Bu fazaning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlik 
o’zining eng past darajasiga tushib ketishi orqali tavsiflanadi. Sh
unga ko’ra, iqtisodiy 
inqiroz deb ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish hajmining keskin tushib 
ketishiga aytiladi.
Inqirozning sababi shundan iboratki, jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlar 
massasi to’lovga qobil talabga mos kelmay (undan oshib ketadi yoki kam bo’ladi) 
qoladi. Natijada ishlab chiqarishning bir qismi to’xtab qoladi, tovarlar ishlab chiqarish 
kamayadi, ishlab chiqarishning o’sish davri uning tushkunligi bilan almashinadi. 
Iqtisodiyotning o’sishi inflyatsiya, ya’ni narx darajasining asossiz ravishda keskin 
ko’tarilishi sababli orqaga ketadi. Shunday davrlar ham bo’ladiki, bunda iqtisodiy 
o’sish bandlik va ishlab chiqarishning past darajasiga o’rin beradi, ayrim hollarda narx 
darajasining ko’tarilishi bilan birga ishsizlik ham keskin o’sadi. Qisqacha aytganda, 
iqtisodiy o’sishning uzoq muddatli tamoyillari ham ishsizlik, ham inflyatsiya oqibatida 
uzilib qoladi va murakkablashadi. Inqirozlarning asosiy sababi – takror ishlab 
chiqarishdagi beqarorlik va nomutanosibliklardir. Bu avvalo ishlab chiqarish va uning 
natijalarini o’zlashtirish o’rtasidagi nomutanosiblik bo’lib, u turli ishlab chiqarish 
usullari va iqtisodiy tizimning har xil nusxalarida turli shakllarda namoyon bo’ladi. 
Ishlab chiqarish bilan iste’mol, talab va taklif o’rtasidagi vaqti-vaqti bilan yuzaga 
kelib turadigan nomutanosibliklar ham iqtisodiy inqirozlarning yuzaga chiqish 
imkoniyatini saqlaydi. 
Rivojlangan tovar xo’jaligi paydo bo’lgunga qadar ishlab chiqarishning keskin 
qisqarishi odatda tabiiy ofatlar (qurg’oqchilik, toshqinlar va h.k.) yoki urushlar va ular 
keltiradigan vayronagarchiliklar bilan bog’liq bo’lgan. Yirik mashinali ishlab 
chiqarishga o’tilgan davrdan keyingi vaqti-vaqti bilan iqtisodiyotni larzaga solib 
turuvchi iqtisodiy inqirozlar ijtimoiy takror ishlab chiqarishga siklik tavsifni kasb 


376 
etadi. Inqirozlar turli-tuman tarzda ro’y bersada, ularni umumiy, o’xshash tomonlarini 
nazarda tutib, guruhlarga ajratish mumkin. 
1. Xo’jalik tizimida 

Download 8,58 Mb.
1   ...   381   382   383   384   385   386   387   388   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish