• Yetarlicha iste’mol qilmaslik nazariyasi.
  • Jamg’arish nazariyasi.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet381/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   377   378   379   380   381   382   383   384   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    Nomonetar 
    nazariya
    tarafdorlari esa texnologik o’zgarishlar, yangiliklar, ixtirolarning 
    ahamiyatini alohida ta’kidlab, pul jamg’arishning ko’payib ketishidagi rolini 
    ko’rsatishadi. Monetar va nomonetar yo’nalish o’rtasidagi farq uncha katta emas, biri 
    ikkinchisini to’ldiradi. 
    Har ikkala nazariya ham oxir-oqibat iqtisodiy faollikning kuchayishiga iste’mol 
    emas, balki investitsiya sabab bo’ladi, degan fikrni ilgari suradi.
    Iqtisodiy sikllarni iste’mol tovarlariga talabning o’zgarishiga bog’lab, 
    akseleratsiya printsipiga e’tibor qaratiladi. Bu printsip mohiyatiga ko’ra texnik 
    sabablar tufayli iste’mol tovarlariga bo’lgan talabning ozginagina o’zgarishi ishlab 
    chiqarish uchun zarur tovarlarga talabni keskin o’zgarishiga olib keladi. 
    Yetarlicha iste’mol qilmaslik nazariyasi.
    Bu nazariyaning mohiyati ko’proq 
    jamg’arib, samarali darajada iste’mol qilmaslik jamiyatni siklli rivojlanishining sababi 
    qilib ko’rsatiladi: 
    1) mablag’ni jamg’arish, boshqacha aytganda xazinaga aylantirish turg’unlikka 
    olib kelishi mumkin, chunki bu mablag’ investitsiyalash uchun foydalanilmaydi; 
    2) pulni jamg’arish iste’mol tovarlariga talabning qisqarishiga olib keladi, chunki 
    u iste’molga sarflanmaydi. 
    3) natijada investitsiyaga nisbatan pul shaklidagi jamg’arish hajmi o’sib borib, 
    iste’mol tovarlariga talab kamayib boradi, taklif esa ortadi, narx pasayadi, iste’mol 
    tovarlari bozoridagi qiyinchiliklar inqirozga olib keladi. 
    Jamg’arish nazariyasi.
    Bu nazariyaga ko’ra iqtisodiy sikl ishlab chiqarish 
    vositalari yoki kapitallashgan investitsion tovarlar ishlab chiqarish bilan bog’liq. 
    Kundalik iste’mol tovarlari ishlab chiqarish bilan uzoq muddat foydalaniladigan 
    tovarlar va ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish sikllari o’rtasida katta farq bor. 
    Kundalik iste’mol mollari doimiy ravishda iste’mol qilinadi. Ularning iste’mol 
    miqdori o’zgargan taqdirda ham uncha katta o’zgarishlar sodir bo’lmaydi.
    Uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni domiy ravishda xarid qilinmaydi. Balki 
    ular iste’molchi daromadi ko’paygan paytdagina sotib olinadi. Uzoq muddat 
    foydalaniladigan tovarlarga talab barqaror emas. Ishlab chiqarishni davom ettirish 
    uchun kapital tovarlar ishlab chiqarish zarur. 
    Iste’mol o’sgan sari kapital tovarlarga talab ham ortadi. Bunda ishlab chiqarish 
    tarkibida nomutanosibliklar yuz beradi, ya’ni iste’mol tovarlari, uzoq muddat 
    foydalaniladigan va kapital tovarlar o’rtasida nisbatlar buziladi. 
    Inqirozning sababi pul yetishmasligi, bank rezervlarining kamligi emas, balki ana 
    shu nisbatlarning buzilishidir. Lekin ko’pchilik iqtisodchilar yetarli darajada iste’mol 
    qilmaslik inqirozning sababi emas, balki uning oqibatidir, deb ta’kidlaydilar. ya’ni 
    iste’molchilar daromadlarini ko’proq jamg’arishga ajratganlari uchun emas, balki 
    to’lov qobiliyatini yetarli emasligi, ya’ni xarid qilish uchun pulning yo’qligidan kelib 
    chiqadi. 


    372 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   377   378   379   380   381   382   383   384   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish