|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti Pdf ko'rish
|
bet | 378/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASIturg’unlik fazasi
boshlanib, u nisbatan uzoqroq davom etadi.
Bu fazada ishlab chiqarish darajasining barqarorligi ta’minlansada, u inqiroz
boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan ancha past bo’ladi. Narxlarning pasayishi
to’xtab, ssuda foizlari pasayadi, tovar zaxiralari barqarorlashadi. Biroq ishsizlikning
yuqori darajasi saqlanib qoladi. Turg’unlik fazasi davomida iqtisodiy faollik jonlanishi
uchun sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga yetadi.
Jonlanish fazasida
ishsizlik darajasi bir oz qisqarib, ishlab chiqarish darajasi
sekin-asta o’sib boradi. Narxlar ham asta ko’tarilib, ssuda foizi o’sa boshlaydi.
Iqtisodiyotning bandlik darajasining ortishi va foyda hajmining tezlik bilan o’sishi
jonlanish fazasining yuksalish bosqichiga o’sib o’tishiga imkoniyat yaratadi. YAngi
sikl yuksalishning boshlang’ich nuqtasi hisoblanadi.
Yuksalish fazasida
ishchi kuchiga bo’lgan talabning kengayishi ishsizlikning
birmuncha kamayishiga hamda ish haqining o’sishiga olib keladiki, buning oqibatida
iste’mol tovarlariga to’lovga qodir talab kengayadi. Pirovard talabning oshishi, o’z
navbatida, iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga, bozorni kengaytirishga
jadal turtki beradi. Raqobat va foyda ketidan quvish oqibatida nomutanosibliklarning
to’planib borishidan iborat zanjirli reaktsiya tezlashadi. Bu bilan yangi inqiroz
muqarrar bo’lib qoladi.
Alohida iqtisodiy sikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi bo’yicha keskin
farqlanadi. Shunga qaramay, ularning hammasi bir xil fazalarga ega bo’ladi.
2. Iqtisodiy sikl nazariyalari. sikllarning asosiy turlari
Iqtisodiy sikllarning kelib chiqish sabablari va ularga ta’sir ko’rsatuvchi
omillarning chuqur va izchil ravishda tadqiq etilishi turli ko’rinishdagi iqtisodiy sikl
nazariyalarining vujudga kelishiga olib keldi.
Ko’pchilik hozirgi zamon iqtisodchilari iqtisodiy sikllarning ob’ektiv tavsifini tan
olib, bu hodisani unga ta’sir ko’rsatuvchi ichki va tashqi omillarni tahlil qilish orqali
o’rganishni tavsiya qiladi.
|
| |