• Iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o’ziga xos ichki omillari ta’sirida vujudga kelishini asoslovchi nazariya internal nazariya deb ataladi.
  • Iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet379/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   375   376   377   378   379   380   381   382   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    Iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan 
    tushuntiruvchi nazariyani eksternal nazariya deb ataladi. 
    Tashqi omillarga iqtisodiy tizimdan tashqarida yotuvchi va iqtisodiy 
    hodisalarning davriy takrorlanishini keltirib chiqaradigan omillar kiritiladi. Bu tashqi 
    omillar ichidan quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: 
    - urushlar, inqilobiy o’zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar; 
    - oltin, uran, neft va boshqa qimmatli resurslar yirik konlarining ochilishi; 
    - yangi hududlarning ochilishi va bu bilan bog’liq ravishda aholi migratsiyasi, yer 
    shari aholisi sonining o’zgarib turishi; 
    - ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibini tubdan o’zgartirishga qodir bo’lgan 
    texnologiya, tadqiqotlar va innovatsiyalardagi qudratli o’zgarishlar. 


    370 
    Iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o’ziga xos ichki omillari ta’sirida 
    vujudga kelishini asoslovchi nazariya internal nazariya deb ataladi. 
    Asosiy kapitalning jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirib, xizmat muddati tugashi 
    va uning yangilanishi ko’pchilik iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy siklni keltirib 
    chiqaruvchi muhim omillardan biri sifatida qaraladi. 
    Agar bir yoki bir necha tarmoqda mashina-uskunalarga talabning keskin ortishini 
    keltirib chiqaradigan iqtisodiy o’sish boshlansa, tabiiyki, bu hol mashina va uskunalar 
    to’liq eskiradigan har 10-15 yildan keyin takrorlanadi. Fan-texnika taraqqiyoti 
    natijasida bu muddat qisqarib boradi va inqirozlar tez takrorlanadi. 
    Shuningdek, quyidagi boshqa ichki omillar ham ajratib ko’rsatiladi: 
    - shaxsiy iste’molning o’zgarishi (qisqarishi yoki kengayishi);
    - investitsiyalar, ya’ni ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yangilash va yangi ish 
    joylarini vujudga keltirishga yo’naltiriladigan mablag’lar hajmi;
    - ishlab chiqarish, talab va takliflar hajmiga ta’sir ko’rsatishga qaratilgan davlat 
    iqtisodiy siyosatining o’zgarishi. 
    Iqtisodiy sikllarning kelib chiqishini faqat eksternal yoki internal nazariya orqali 
    tushuntirish to’g’ri bo’lmaydi. Iqtisodiy sikl va umuman iqtisodiy tizimdagi miqdoriy 
    va sifat o’zgarishlar tashqi va ichki omillar birgalikdagi ta’siri oqibatida kelib chiqishi 
    mumkin.
    Shuningdek, iqtisodiyotning siklli rivojlanishi sabablarini izohlashda bir qator 
    nazariyalar ham ilgari suriladi. Quyida ulardan asosiylarini ko’rib chiqamiz. 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   375   376   377   378   379   380   381   382   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish