|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti Pdf ko'rish
|
bet | 382/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASIPsixologik nazariya.
Iqtisodiyotning siklli rivojlanishini tushuntirishda iqtisodiy
nazariyalar bilan bir qatorda psixologik nazariyalar ham keng o’rin olib bormoqda.
Psixologik nazariya tarafdorlariga J.M.Keyns, U.Mitchell, F.Xayek va boshqalarni
kirtish mumkin. Ularning fikricha, insondagi optimizm va pessimizm faoliyat
aktivligiga ob’ektiv iqtisodiy omillar: foiz me’yori, pul oqimi, foyda va boshqalar
ta’sir ko’rsatib, buning natijasida ishlab chiqarishning qisqarishi yoki kengayishi ro’y
beradi.
Kreditning kengayishi, talab va ishlab chiqarishning o’sishi odamlarning
kayfiyatini ko’taradi va aksincha. Bundan tashqari kishilar borgan sari likvidligi
yuqori bo’lgan pul jamg’arishga moyilligi ortib borishi va o’z navbatida iqtisodiy
rivojlanishga ta’sir etishini ko’rsatishadi.
Hozirgi zamon iqtisodiy fanida iqtisodiy siklning 1380 dan ortiq turlari
mavjudligi ta’kidlanadi
1
. Quyidagi 19.1-jadvalda ularning ko’pchilik iqtisodchilar
tomonidan tan olingan eng asosiy turlari ifodalangan.
19.1-jadval
Sikllarning asosiy turlari
Sikl turlari
Siklning
davomiyligi
Asosiy xususiyatlari
Kitchin sikli
2–4 yil
Zaxiralar miqdori
YAMM, inflyatsiya,
bandlikning tebranishi, tijorat sikllari
Juglar sikli
7–12 yil
Investitsion sikl
YAMM, inflyatsiya va
bandlikning tebranishi
Kuznets sikli
16-25 yil
Daromad
immigratsiya
uy-joy qurilishi
yalpi talab
daromad
Kondratev sikli 40-60 yil
Texnika taraqqiyoti, tarkibiy o’zgarishlar
Forrester sikli
200 yil
Energiya va materiallar
Toffler sikli
1000-2000
yil
TSivilizatsiyalarning rivojlanishi
Kitchin sikli
zaxiralar sikli deb ham nomlanadi. Bunda Jozef Kitchin (1926 y.)
o’zining e’tiborini tovar zaxiralarining harakat chog’idagi moliyaviy hisoblar va sotish
narxlarini tahlil qilish asosida 2 yildan 4 yilgacha davr davomidagi qisqa to’lqinlarni
tadqiq qilishga qaratadi. Ayniqsa u siklning davomiyligini jahondagi oltin
zaxiralarining
tebranishlari bilan bog’lab, uni 3 yilu 4 oyga teng, deb hisoblaydi. Biroq
qisqa muddatli sikllar sabablarining bunday izohi bugungi kunda ko’pchilik
iqtisodchilarni qoniqtirmaydi.
|
| |