366
Multiplikator samarasi – bu sof milliy mahsulotdagi o’zgarishning yalpi
sarflardagi o’zgarishga nisbati.
Iqtisodiy mutanosiblik – iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari o’rtasida
miqdor va sifat o’lchamlarning mos kelishlik darajasi.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:
1.
Iqtisodiy muvozanatlik, xususiy va umumiy muvozanatliklarga tavsif bering.
Ularga misollar keltiring.
2.
Quyidagi ikki usul, ya’ni: a) yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini
taqqoslash usuli; b) jamg’arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli yordamida
muvozanatli SMM grafikda qanday aniqlanishini tushuntiring.
3.
Multiplikator samarasi nima? Investitsion sarflarning o’zgarishi va
multiplikator miqdori o’rtasidagi bog’liqlik qanday?
4.
Agar jamg’armaga o’rtacha moyillik 0; 0,4; 0,6 ga teng bo’lsa, multiplikator
qanday bo’ladi? Agar tadbirkor investitsiyalari darajasini 8 mln. so’mga ko’paytirsa,
iste’molga o’rtacha moyillik esa 4/5 ga teng bo’lsa, SMM qanday o’zgaradi?
5.
Akselerator samarasi nima va u iqtisodiy muvozanatga qanday ta’sir
ko’rsatadi?
6.
Avtonom va hosilaviy investitsiyalarning farqi nimada? Ularga ta’sir etuvchi
omillar ham farqlanadimi?
7.
Milliy
iqtisodiyotning
muvozanatlik
darajasiga
erishishda
xususiy
mutanosibliklarning roli qanday?
8.
Mutanosiblikning qanday turlarini bilasiz? Ularga qisqacha ta’rif bering.
9.
Makroiqtisodiy barqarorlik nima? Unga erishish yo’llari qanday?
10.
Respublikada iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurishlarni qaysi yo’llarda
amalga oshirish ko’zda tutilgan?