tarkibiy o’zgarishlarni va iqtisodiyotni diversifikatsiya




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet371/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   367   368   369   370   371   372   373   374   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

tarkibiy o’zgarishlarni va iqtisodiyotni diversifikatsiya 
qilish jarayonlarining davom ettirilishi
barqaror va mutanosib iqtisodiy o’sishni 
ta’minlash, milliy iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish hamda jadal 
taraqqiyotga erishishning muhim omili hisoblanib, u 2009 yildagi iqtisodiy dasturning 
muhim ustuvor yo’nalishi sifatida belgilab berildi. 
Iqtisodiyotni mutanosib rivojlantirishda 2009-2014 yillarga mo’ljallangan uzoq 
muddatli dastur ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etib, unda iqtisodiyotimizning 
asosiy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik yangilash, mamlakatimizning 
yangi marralarni egallashi uchun kuchli turtki beradigan va jahon bozorida 


363 
raqobatdoshligini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsiya texnologiyalarini joriy qilish 
bo’yicha maqsadli loyihalar o’z ifodasini topadi.
Bugungi kunda dastlabki hisob-kitoblarga ko’ra, umumiy qiymati 24 milliard 
AQSH dollaridan ziyod bo’lgan qariyb 300 ta investitsiya loyihasi ustida ish olib 
borilmoqda. Jumladan, bunda yangi qurilish loyihalari – 18,5 milliard dollarni, 
modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash 
bo’yicha loyihalar esa taxminan 6 milliard dollarni tashkil qiladi. Dasturga kiritilishi 
mo’ljallanayotgan bu loyihalar avvalambor yoqilg’i-energetika, kimyo, neft-gazni 
qayta ishlash, metallurgiya tarmoqlariga, engil va to’qimachilik sanoati, qurilish 
materiallari sanoati, mashinasozlik va boshqa sohalarga tegishlidir.
Loyihalashtirish va qurilish ishlari boshlanayotgan inshootlarni quyidagi 
mablag’lar hisobidan moliyalashtirish ko’zda tutilmoqda: kompaniya va 
korxonalarning o’z mablag’lari – umumiy hisobda 8,2 milliard dollar, O’zbekiston 
Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot fondi kreditlari – 2,5 milliard dollar, xorijiy 
investitsiya va kreditlar – 13,5 milliard dollar
90

Prezidentimiz ushbu loyihalarning bir qismi bo’yicha 2007-2008 yillarda qurilish 
ishlari boshlab yuborilganligini, ba’zilarining qurilishini esa 2009 yilda boshlash 
ko’zda tutilayotganligini ta’kidlab o’tdilar. Mazkur loyihalarning amalga oshirilishi 
innovatsion va energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish va jahon bozorida 
talab mavjud bo’lgan yangi turdagi tovarlar ishlab chiqarishni o’zlashtirish hisobidan 
yiliga 10,4 milliard dollarlik qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarish, yillik eksportni 6,5 
milliard dollarga ko’paytirish, yalpi ichki mahsulot hajmini sezilarli darajada oshirish 
imkonini beradi. 
2009 yildagi ustuvor vazifalardan biri

Download 8,58 Mb.
1   ...   367   368   369   370   371   372   373   374   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



tarkibiy o’zgarishlarni va iqtisodiyotni diversifikatsiya

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish