–  xizmat ko’rsatish va kichik biznes




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet372/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

 
– 
xizmat ko’rsatish va kichik biznes 
sohasini aholi bandligini ta’minlash va hayot darajasini oshirishning eng muhim 
omili sifatida yanada jadal rivojlantirishdir. Sh
u sababli Inqirozga qarshi choralar 
dasturida kichik biznesni rivojlantirishni rag’batlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. 
Ushbu chora-tadbirlar soliq va kredit imtiyozlari bilan bir qatorda, kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay biznes muhitini yaratish maqsadida 
institutsional islohotlarni yanada chuqurlashtirishni ham o’z ichiga oladi.
Jumladan, yangi tashkil etilayotgan kichik va xususiy korxonalarni qo’llab-
quvvatlash maqsadida Imtiyozli kredit jamg’armasining resurs bazasini ikki barobar 
oshirish; berilgan imtiyozlarning amal qilish muddati uzaytirish, jumladan, aylanma 
mablag’larni to’ldirish uchun beriladigan kreditlarning eng uzoq muddatini 12 oydan 
18 oyga oshirish; 2009 yilning 1 yanvaridan sanoat sohasida faoliyat ko’rsatayotgan 
90
Qaralsin: Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va 
choralari. – T.: O’zbеkiston, 2009, 37-38-b. 


364 
kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lov stavkasi 8 foizdan 7 foizga kamaytirish; 
moliyaviy, maishiy va boshqa xizmatlarni ko’rsatayotgan mikrofirmalar va kichik 
korxonalar yagona soliq to’lovidan 3 yil muddatga ozod etish; 2009 yilda xo’jalik 
yurituvchi sub’ektlarni tekshirishlar sonini kamida yana 30 foizga kamaytirish kabi 
chora-tadbirlar ko’zda tutilgan
91
.
2009 yildagi yana bir eng muhim ustuvor vazifa – 
bu mamlakatimizni 
modernizatsiya qilish va aholi bandligini oshirishning muhim omili sifatida 
ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish
dan iborat. 
Chunki, mamlakatimizda barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash, iqtisodiyotning real 
sektorini yanada rivojlantirish ko’p jihatdan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ishlab 
chiqarish infratuzilmasi bilan ta’minlanganlik darajasiga bog’liq. 
Zamonaviy ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirishni 
ta’minlash, shu asosda iqtisodiyotni izchil va barqaror yuksaltirish uchun qulay shart-
sharoit yaratish maqsadida «2009 yilda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani 
yanada rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida» maxsus dastur 
qabul qilindi va uning bajarilishi keskin nazoratga olindi.
2008 yil davomida 1108,0 mlrd. so’mlik temir yo’l transporti xizmatlari, 397,2 
mlrd. so’mlik avtomobil yo’llari qurish va rekonstruktsiyalash ishlari, 1375,0 mlrd. 
so’mlik aloqa xizmatlari, 1786,1 mlrd. so’mlik elektr energiyasi ta’minoti xizmatlari 
ko’rsatildi. Buning natijasida mamlakatimizdagi korxona va tashkilotlar ishlab 
chiqarish faoliyatining rivoji va uzluksizligi ta’minlandi.
Iqtisodiyot real sektorining jadal o’sishi ishlab chiqarish infratuzilmasi 
xizmatlariga bo’lgan ehtiyojning to’xtovsiz ravishda o’sishiga olib kelmoqda. Shunga 
ko’ra, 2009 yilda ushbu tarmoqlar xizmat ko’rsatish hajmini ahamiyatli darajada, 
jumladan, avtomobil yo’llari qurish va rekonstruktsiyalash hajmini 133,8% ga, temir 
yo’l transporti xizmatlari hajmini 125,5% ga, aloqa xizmatlari hajmini 116,1%ga 
oshirish belgilangan. Shuningdek, temir yo’l uchastkalarini elektrlashtirishni 3 
baravardan ko’proq, temir yo’llarni modernizatsiyalash va rekonstruktsiyalashni 
127,3%, temir yo’l raz’ezdlari va korxonaga kirish yo’llari qurishni 125%, ko’priklar 
qurishni 121,4%, yuqori voltli liniyalarni qurishni 184,2% ga o’stirish ko’zda 
tutilmoqda
92
.
Bundan ko’rinadiki, O’zbekistonda iqtisodiy muvozanatni ta’minlash hamda 
iqtisodiyotni mutanosibli rivojlantirishda tarkibiy o’zgartirish, ishlab chiqarishni 
modernizatsiyalash va divertsifikatsiyalash jarayonlaridan samarali foydalanib 
kelinmoqda.

Download 8,58 Mb.
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



–  xizmat ko’rsatish va kichik biznes

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish