|
iqtisodiyot ichki tuzilishidagi o’zgarishlar – Pdf ko'rish
|
bet | 370/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASIiqtisodiyot ichki tuzilishidagi o’zgarishlar –
respublikaning energetika va oziq-ovqat mustaqilligini ta’minlovchi tarmoqlarni
rivojlantirishga
qaratildi. Bunda birinchi navbatda eng muhim o’zak tarmoqlarni –
neft va gaz sanoatini, energetikani, rangli metallurgiya sanoatini, mashinasozlik
majmuasini, qishloq xo’jalik va agrosanoat majmuasining boshqa sohalarini
rivojlantirishga ustunlik beriladi.
Iqtisodiyotning takror ishlab chiqarish tuzilishini tubdan o’zgartirish asosida
umumiqtisodiy barqarorlikka erishishda
iste’mol bilan jamg’arish fondi o’rtasidagi
eng maqbul mutanosiblikni ta’minlash
asosiy o’rin tutadi. Iste’mol fondining eng
maqbul darajasiga erishish – ichki bozorda talab bilan taklif o’rtasida mutanosiblikni
ta’minlaщda muhim rol o’ynaydi. Shu sababli davlat eng muhim makroiqtisodiy
takror ishlab chiqarish nisbatlarini tartibga solib turuvchi omillarga ko’proq e’tibor
berdi.
Nomoddiy ishlab chiqarish sohasida tarkibiy qayta qurishlar faol investitsiya
siyosatini o’tkazish orqali amalga oshirildi. Shu sababli respublika investitsiya
bazasini rivojlantirishga katta e’tibor berilib, bunda o’z sarmoyalarimiz, tashqi
kreditlar, bevosita investitsiyalar va ularning barcha manbalaridan o’rinli foydalanish
ko’zda tutildi. Tashqi investitsiyalarni jalb qilishda bevosita investitsiyalar tarzida,
davlat qarzlari, xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar, qarz beruvchi mamlakatlar
moliyaviy-kredit resurslari shakllarida amalga oshirish mumkinligi hisobga olinadi.
Tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish
mahalliy xomashyo va tabiiy
imkoniyatlar asosida ishlaydigan, ilg’or zamonaviy texnologiyalarni joriy etgan
holda, nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham raqobatga bardosh beradigan
mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga qaratilishi
zarur.
Mamlakatimizda
|
| |