• 2. Tarmoqlararo mutanosibliklar.
  • 3. Tarmoq ichidagi mutanosibliklar.
  • Umumiqtisodiy tavsifdagi mutanosibliklar




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet367/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    1. Umumiqtisodiy tavsifdagi mutanosibliklar.
    Bunga milliy daromaddagi 
    tarkibiy qismlar – iste’mol fondi va jamg’arish fondi o’rtasidagi; iqtisodiyotdagi tovar 
    va xizmatlar massasi bilan pul massasi o’rtasidagi; aholining daromadlari bilan 
    xarajatlar o’rtasidagi mutanosibliklarni misol qilib ko’rsatish mumkin. 
    2. Tarmoqlararo mutanosibliklar.
    Milliy iqtisodiyotning muvozanatini 
    ta’minlashda tarmoqlararo mutanosibliklar alohida o’rin tutadi. Milliy iqtisodiyot juda 
    ko’p tarmoq va sohalardan iborat bo’lib, ularning rivojlanishi bir-birini taqozo qiladi. 
    Bir tarmoqda yaratilgan mahsulot boshqa tarmoqda iste’mol qilinadi yoki pirovard 
    mahsulotga aylantirilib, o’z iste’molchisini topadi. Masalan, qishloq xo’jalik 
    mahsulotlarning ko’pchilik qismi (paxta, g’alla, pilla, sut va h.k.) sanoatning tegishli 
    tarmoqlarida qayta ishlanib, pirovard mahsulotga aylantiriladi va iste’molchilik 
    tovarlari bozoriga chiqariladi. O’z navbatida sanoatning ishlab chiqarish vositalari 
    yaratadigan sohalarning mahsulotlari milliy iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari (qishloq 
    86
    Ekonomichеskaya tеoriya: Uchеbnik/ Pod rеd. A.G.Gryaznovoy, T.V.Chеchеlеvoy. – M.: Izdatеlstvo «Ekzamеn», 
    2004, 415-bеt.


    359 
    xo’jaligi, qurilish va h.k.)da unumli iste’mol qilinadi. Bu ularning bir-biriga 
    bog’liqlikda rivojlanishini taqozo qiladi. Tarmoqlararo mutanosibliklarga sanoat bilan 
    qishloq xo’jaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari o’rtasidagi mutanosibliklar 
    misol bo’ladi. 
    3. Tarmoq ichidagi mutanosibliklar.
    Tarmoqlararo mutanosiblik va milliy ishlab 
    chiqarish darajasidagi muvozanatlik tarmoqlar ichidagi mutanosiblik orqali 
    ta’minlanadi. Tarmoqlar ichidagi mutanosiblik alohida olingan tarmoq tarkibidagi 
    soha va ishlab chiqarishlar o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi. Masalan, sanoatning 
    ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlari ishlab chiqaradigan sohalari, qishloq 
    xo’jaligining dexqonchilik va chorvachilik sohalari o’rtasidagi mutanosibliklar va h.k. 
    Shu bilan birga ta’kidlab o’tilgan sohalarning ichidagi tarkibiy bo’linmalar o’rtasida 
    ham bog’liqlik bo’lishi zarur. Masalan, sanoatning qazib olish va qayta ishlash 
    tarmoqlari, chorvachilikning sut va go’sht ishlab chiqarish sohalari, mashinasozlikda 
    motor, kuzov, g’ildiraklar va boshqa qismlari, ishlab chiqarishning turli omillari 
    o’rtasidagi mutanosibliklar va boshqalar. 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish