• Kalit so’z
  • Qolmaqir koniga sikl-oqimli texnologiyalarda belaz avtomobilini ishlab chiqarish kо‘rsatgichlarini asoslash




    Download 320,5 Kb.
    bet1/3
    Sana18.05.2024
    Hajmi320,5 Kb.
    #243007
      1   2   3
    Bog'liq
    DOC Document.doc1111111 (2)


    QOLMAQIR KONIGA SIKL-OQIMLI TEXNOLOGIYALARDA BELAZ AVTOMOBILINI ISHLAB CHIQARISH KО‘RSATGICHLARINI ASOSLASH
    Ass. Elmurodov To’lqin Fozil o’g’li
    Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
    tulqinelmurodov1992@gmail.com
    Annotatsiya Hozirgi kunda respublikamizda balki jahon konchilik sohasida yuk oqimini tashish eng katta muommo bo;lib turubdi . karyerlarda asosiy transportga ketadigan harajatlarning 65-70 foiz harajatlar yuk oqimini tashish uchun ketadi shuni e’tiborga olgan holda respublikamizda joylashgan Qolmaqir konida foydali qazilma va qoplovchi tog’ jinslari tashish uchun Avtasomasval ya’ni yuk kо‘tarish qobiliyati 130 t “BelAZ” 75313 о‘rniga, yuk kо‘tarish qobiliyati 292 t “Komatsu 930E-4 rusumli avtomobillar ishlashi maqsadga muofiq bо‘ladi hamda tashish ishlarining unumdorligi ancha oshishiga olib keladi va iqtisodiy tejamkor texnika hisoblanadi.


    Kalit so’z: Belaz 75313 , Komatsu 930E-4, transport harajatlar, tashish , Qalmakir, avtomobil transporti ish unumdorligi, ko’rsatgichlar , tashish masofasi, yuk ko’tarish qobiliyati.


    QО‘LLANADIGAN TRANSPORT VOSITALARINING TAVSIFI VA TAHLILI

    Hozirgi vaqtda “Qolmaqir” karyerida qazib olingan qoplama jins va rudalarni qabul qilish punktlariga yetkazib berishda temir yо‘l va avtomobil transporti qо‘llanadi. Qoplama jins va rudalarni tashish elektrlashtirilgan temir yо‘l transporti yordamida amalga oshiriladi. Ilashish og‘irligi (ssepnoy ves) 360 t bо‘lgan PE-2m rusumli elektrovozlarning har biriga yuk kо‘tarish qobiliyati 105 t VS-105 rusumli dumkarlardan 12 tasi tirkalgan lokomotiv sostavlar qoplama jinslarni ag‘darmalarga, rudalarni esa boyitish fabrikasiga tashib beradi.


    Lokamativ sostavlar karyerda ochiq siklda, ya’ni muayyan ekskavatorga bog‘lanmagan xolda ishlaydi. Har bir ishchi gorizontga alohida temir yо‘l joylashtirilgan bо‘lib, u gorizontdan faqat bitta chiqish yо‘liga ega. Karyer temir yо‘l transportining umumiy uzunligi 60 km ga yaqin bо‘lib, undan 45 km karyer ichida, 15 km esa ag‘darmalarda joylashgan. Temir yо‘l bilan yuk tashishning о‘rtacha uzunligi: ruda bо‘yicha – 12,7 km, qoplama jins bо‘yicha – 7,2 km.
    Qoplama jinslar ikki guruh ag‘darmalarga joylashtiriladi: Nakpay va Olmaliq ag‘darma guruhlariga. Nakpay ag‘darmasi karyerdan 8 km, Olmaliq ag‘darmasi esa, 6-10 km masofada joylashgan. Karyer bilan boyitish fabrikasi о‘rtasidagi masofa esa 8,6 km ni tashkil qiladi.
    Yuqori gorizontlardan (+782 m va undan baland) qazib olingan qoplama jinslar qayta yuklash uzellariga avtomobil transporti yordamida tashiladi. Karyerda har bir smenada 8-10 ta yuk kо‘tarish qobiliyati 130 t “BelAZ” 75313 rusumli avtomobillar ishlaydi uning о‘rniga Kamotsu 930E-4 rusumli va yuk kо‘tarish qobiliyati 292 t avtomobillar tafsiya etamiz. Avtomobil ag‘darmasigacha bо‘lgan о‘rtacha tashish masofasi 1,6 km, qayta yuklash uzeligacha bо‘lgan о‘rtacha tashish masofasi esa, 3,3 km ni tashkil qiladi.



    Download 320,5 Kb.
      1   2   3




    Download 320,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qolmaqir koniga sikl-oqimli texnologiyalarda belaz avtomobilini ishlab chiqarish kо‘rsatgichlarini asoslash

    Download 320,5 Kb.