O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet391/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   387   388   389   390   391   392   393   394   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

Uchinchidan

98
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. – 
T.: O’zbеkiston, 2009, 5-b.
99
Jumayev N.Х. Jahon moliyaviy inqirozi: mohiyati, sabablari va uning O’zbеkistonga ta’siri (Elеkron ma’ruza matni).- 
TDIU. - T, 2009.


383 
moliyaviy-iqtisodiy inqirozning har qaysi davlatdagi miqyosi, ko’lami va 
oqibatlari qanday bo’lishi ko’p jihatdan bir qancha omillardan kelib chiqadi. 
Ya’ni, bu avvalo, ana shu davlatning moliya-valyuta tizimi nechog’liq 
mustahkam ekaniga, milliy kredit institutlarining qay darajada kapitallashuvi va 
likvidligi (to’lov imkoniga), ularning chet el va korporativ bank tuzilmalariga 
qanchalik qaram ekaniga, shuningdek, oltin-valyuta zaxirasining hajmi, xorijiy 
kreditlarni qaytarish qobiliyati va pirovard natijada – mamlakat iqtisodiyotining 
barqarorlik, diversifikatsiya va raqobatga bardoshlik darajasiga bog’liq»
100
.

XX asrning oxirlarida boshlangan va hozirgacha davom etib kelayotgan 


bozorlarning globallashuvi, kapitallar xalqaro harakatining erkinlashtirilishi natijasida 
AQSH bozorlarida vujudga kelgan inqiroz dunyoning boshqa mamlakatlariga ham 
keng yoyildi. AQSH banklari va ipoteka agentliklarining qimmatli qog’ozlariga 
qo’yilma qilingan xorijiy investorlar moliyaviy holatiga jiddiy ta’sir ko’rsatdi. Bu o’z 
navbatida dunyo mamlakatlari iqtisodiyotiga ham o’z ta’sirini o’tkazdi. AQSH moliya 
bozorlaridagi inqiroz jahonning yirik fond bozorlaridagi kon’yunkturaga ta’sir qildi va 
bu o’z navbatida mazkur bozorlardagi fond indekslarida (S&P, Dow-Jones, Nasdaq, 
FTSE, CAC, DAX, Nikkei, Hang Seng, Shanhai composite, RTS, MMVB va b.) o’z 
aksini topdi. Global moliyaviy bozorning asosiy tarkibi va jahonning asosiy moliyaviy 
markazlari hisoblangan yirik fond bozorlarini o’z ichiga oluvchi mamlakatlar 
iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir ko’rsatdi. Xususan, rivojlangan mamlakatlar YaIMning 
o’sish sur’atlari keyingi yillarda ahamiyatli darajada pasayib ketdi (19.3-diagramma).
Jadval 
ma’lumotlaridan 
ko’rinib 
turibdiki, 
jahonning 
rivojlangan 
mamlakatlaridagi iqtisodiy o’sish sur’atlarida keskin o’zgarish sodir bo’lgan. 
Inqirozdan jiddiy aziyat chekayotgan Buyuk Britaniya va Germaniyada 2009 yilda 
yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarishida 2008 yilga nisbatan 0,1% va 0,2% ga 
pasayish kutilmoqda. 
Shu o’rinda aytish lozimki, hozirda rivojlanib borayotgan moliyaviy inqiroz 
inflyatsiya, qator banklar va moliyaviy muassasalarning tanazzulga yuz tutishi 
ta’sirida ishsizlik, ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishi va boshqalar negizida 
iqtisodiy inqiroz shaklida kuchayib bormoqda. Bundan ko’rinadiki, hozirgi jahon 
moliyaviy inqirozining o’ziga xos xususiyati – bu uning iqtisodiyotning moliyaviy 
sektoridan boshlanib, real sektoriga o’tganligidir. 

Download 8,58 Mb.
1   ...   387   388   389   390   391   392   393   394   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish