398
chiqib, ular bozor mexanizmi orqali boshqarilishini ta’kidlaydilar. Ish haqi darajasi
ishchi kuchining narxi sifatida ko’rsatiladi. U ishchi kuchi talab va taklifiga ta’sir
ko’rsatib, ular o’rtasidagi nisbat va zarur muvozanatni ta’minlaydi.
Ishchi kuchining
narxi bozor kon’yunkturasiga tezlik bilan javob qaytaradi, ya’ni bozordagi talab va
taklifning o’sishi yoki kamayishiga qarab o’zgaradi. Shunga ko’ra,
ishchi kuchi
bozoridagi taqchillik yoki taklif ortiqchaligi ish haqi darajasini o’zgartirish orqali
bartaraf etiladi. Ishchi kuchi bozorining klassik modeli uning o’zini-o’zi tartibga solish
tamoyiliga asoslanadi.
Keynscha maktab vakillari
ishchi kuchi bozorini harakatsiz, o’zgarmas tizim
sifatida baholab, unda ishchi kuchining narxi qat’iy belgilangan bo’lishini
ta’kidlaydilar. Bandlik va ishsizlik darajasi, ishchi kuchiga bo’lgan talab, real ish haqi
darajasi kabi asosiy ko’rsatkichlar ishchi
kuchi bozori orqali emas, balki tovar va
xizmatlar bozoridagi samarali talab miqdori orqali belgilanadi. Ishchi kuchi bozorida
esa faqat ish haqi darajasi va unga bog’liq bo’lgan ishchi kuchi taklifi miqdori
shakllanadi. Biroq ishchi kuchi taklifi amaldagi bandlikning
shakllanishida yetakchi
rol o’ynamay, balki faqat uning ish haqining muayyan hajmidagi eng yuqori mumkin
bo’lgan darajasini tavsiflaydi. Ishchi kuchiga bo’lgan talab yalpi talab, investitsiya va
ishlab chiqarish hajmi orqali tartibga solinadi. Ishsizlikning mavjud bo’lishi yalpi
samarali talabning yetishmasligi bilan shartlanib, uni budjet va pul-kredit siyosatining
iqtisodiy faollikni oshiruvchi chora-tadbirlari orqali bartaraf etish mumkin. Davlat
yalpi talabni kengaytirish tadbirlarini
amalga oshira borib, ishchi kuchiga bo’lgan
talabning o’sishiga imkon yaratadi va buning natijasida bandlikning o’sishi hamda
ishsizlikning qisqarishi ro’y beradi.