353
18.1-chizma
Iqtisodiy muvozanatning mazmuni va tarkibiy tuzilishi
Iqtisodiyotning muvozanatli darajasi bu ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning
shunday hajmiki, u ishlab chiqarish mazkur hajmini sotib olish uchun yetarli bo’lgan
umumiy pul miqdori bilan ta’minlangan bo’ladi.
Boshqacha aytganda, sof milliy
mahsulot muvozanatli darajasida ishlab chiqarilgan
tovarlarning umumiy miqdori
(SMM) xarid qilingan tovarlar umumiy miqdoriga (S+I
n
) teng bo’ladi (18.2-chizma).
Chizmadan ko’rinadiki, yalpi sarflar hamda ishlab chiqarish hajmi o’rtasidagi
tenglik ushbu ko’rsatkichlar joylashgan o’qlarning o’rtasidan 45
burchak ostida
o’tuvchi to’g’ri chiziq orqali ifodalanadi. Haqiqatan ham bu to’g’ri
chiziqning har
qanday nuqtasidan chiqarilgan yotiq va tik yo’nalishdagi chiziqlar teng miqdorlarni
ko’rsatadi. S chizig’i esa iste’mol sarflari miqdorini aks ettirib, daromad (ya’ni SMM)
hajmi oshib borishi bilan uning darajasi ham o’sib boradi. Yalpi sarflar (S+I
n
)
chizig’ini hosil qilish uchun iste’mol sarflarining (S) turli hajmiga mos tushuvchi sof
investitsiyalar (I
n
) miqdori qo’shib boriladi. Bu o’rinda tadbirkorlar tomonidan amalga
oshirish ko’zda tutilayotgan investitsiyalar hajmi daromad darajasiga bog’liq emas,
deb qabul qilinadi. Shu sababli yalpi sarflar chizig’i iste’mol sarflari chizig’idan I
n
miqdoriga teng uzoqlikda joylashadi.
Chizmada iqtisodiy muvozanatga ye nuqtada erishiladi, ya’ni aynan shu nuqtada
ishlab chiqarilgan sof milliy mahsulot hajmi (SMM
E
) iste’mol
qilingan mahsulot
hajmiga (S+I
n
)
E
teng keladi.
To’la bandlik sharoitida yalpi sarflar SMM hajmi bilan mos kelmasligi mumkin.
Bu mos kelmaslik chizmada retsession yoki inflyatsion farq ko’rinishida ifodalangan.