351
o’rtasidagi muvozanat asosiy o’rin tutib, bu yalpi taklif va yalpi talab o’rtasidagi
muvozanatning o’ziga xos namoyon bo’lishidir.
Ushbu mavzuda dastlab iqtisodiy muvozanat tushunchasini va ishlab chiqarish
muvozanati darajasini aniqlashga turlicha yondashuvlar qarab chiqiladi. Ijtimoiy
takror ishlab chiqarishning turli tomonlari, soha va tarmoqlari o’rtasidagi
mutanosibliklar tizimi, ularning ta’minlanish darajasi hamda tarmoqlararo balansning
mazmuni bayon qilinadi. Tahlil so’ngida makroiqtisodiy muvozanatga erishishning
davlat va bozor mexanizmlarini yoritib beriladi. Eng muhimi iqtisodiyotda
muvozanatlik va mutanosiblikni ta’minlash iqtisodiy inqirozlarning oldini olishning
muhim vositasi sifatida qaraladi.
1. Iqtisodiy muvozanat, uni ta’minlash shart-
sharoitlari va aniqlash usullari
Iqtisodiyot inqirozlarsiz, barqaror rivojlanishi uchun uning turli tomonlari
o’rtasida ma’lum muvozanat bo’lishi taqozo etiladi.
Iqtisodiy muvozanat deb bir-biri bilan o’zaro bog’liqlikda va ta’sirda amal
qiladigan iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning ikki yoki bir necha tomonining bir-
biriga teng kelgan holatiga aytiladi. Sh
uning uchun ham butun iqtisodiyotning
muvozanati to’g’risida gap borganda eng avvalo yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi
tenglik e’tiborga olinadi.
Makroiqtisodiyotda iqtisodiy muvozanatning shakllanishi, uni ta’minlash ancha
murakkab va ziddiyatli jarayondir. Chunki u xususiy va umumiy tavsifdagi bir qator
muvozanatlar tizimini o’z ichiga oladi.