O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet357/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

Xulosalar: 
 
1. Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi ko’p omilli va ziddiyatli jarayon 
hisoblanib, u asosan iqtisodiy o’sishda namoyon bo’ladi. Iqtisodiy o’sish bevosita 
yalpi ichki mahsulot miqdorining mutloq hajmi va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy 
resurs xarajatlari birligi hisobiga ko’payishi hamda sifatining yaxshilanishida va 
tarkibining takomillashuvida ifodalanadi. 
2. Iqtisodiy o’sish sur’atining ahamiyatini iqtisodchilar tomonidan qo’llaniluvchi 
«70 miqdori qoidasi» yordamida ham ochib berish mumkin. Bu qoidaga ko’ra, milliy 
iqtisodiyotda ishlab chiqarilayotgan YaIM hajmini 2 baravarga oshirishda qancha vaqt 
talab etilishini aniqlash uchun 70 sonini yillik o’sish sur’atiga bo’lish kerak bo’ladi.
3. Iqtisodiy o’sishning ekstensiv va intensiv turlari mavjud. Ishlab chiqarishning 
avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining 
ko’payishi orqali o’sish ekstensiv iqtisodiy o’sish deyiladi. Ishlab chiqarish omillarini 
sifat jihatidan takomillashtirish, yanada ilg’or ishlab chiqarish vositalarini va yangi 
texnikani qo’llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek mavjud ishlab 
chiqarish potentsialidan yaxshiroq foydalanish yo’li bilan mahsulot ishlab chiqarish 
hajmini oshirish intensiv iqtisodiy o’sish deyiladi.
84
Yangilanish va barqaror taraqqiёt yo’lidan yanada izchil harakat qilish, хalqimiz uchun farovon turmush sharoiti 
yaratish – asosiy vazifamizdir. O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimovning 2006 yilda mamlakatimizni 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2007 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor 
yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi // Хalq so’zi, 2007 yil 13 fеvral.


349 
4. Iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni shartli ravishda ikki guruhga 
ajratish mumkin: taklif omillari va taqsimlash omillari. Taklif omillariga tabiiy 
resurslarning miqdori va sifati; mehnat resurslari miqdori va sifati; asosiy kapital 
(asosiy fondlar) ning hajmi; texnologiya va fan-texnika taraqqiyotini kiritish mumkin. 
Resurslarning o’sib boruvchi hajmidan real foydalanish va ularni kerakli mahsulotning 
mutloq miqdorini oladigan qilib taqsimlashga xizmat qiluvchi omillar taqsimlash 
omillari deyiladi. 
5. Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o’sish omillarini o’rganish hamda uning 
kelgusidagi natijalarini bashorat qilish borasidagi tadqiqotlari pirovardida turli 
iqtisodiy o’sish modellarining yaratilishiga olib keldi. Bu modellar o’z mazmuniga 
ko’ra bir-birlaridan farqlansada, ularning asosida ikkita nazariya – makroiqtisodiy 
muvozanatning keynscha (keyinchalik neokeynscha) nazariyasi hamda ishlab 
chiqarishning klassik (keyinchalik neoklassik) nazariyasi yotadi.
6. Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan 
yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg’arilgan moddiy, nomoddiy va intellektual 
hamda tabiiy boyliklardan iboratdir. 

Download 8,58 Mb.
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish