|
O’zbekistonda iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini ta’minlash omillari Pdf ko'rish
|
bet | 354/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASI5. O’zbekistonda iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini ta’minlash omillari
va natijalari
O’zbekistonda mustaqillik yillarida olib borilgan islohotlar orqali iqtisodiyotning
barqaror
o’sishi
ta’minlandi,
makroiqtisodiy
va
moliyaviy
barqarorlik
mustahkamlandi, iqtisodiyot va uning ayrim sohalari o’rtasidagi mutanosiblik
kuchaydi; bozor mexanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari
vujudga keltirilib, rivojlantirildi.
Mamlakatimizda iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini ta’minlanish maqsadida
quyidagi jarayonlarning amalga oshirilishiga katta e’tibor qaratildi:
- keng ko’lamdagi tizimli bozor islohotlarini izchil amalga oshirish;
- xorijiy investitsiyalarni jalb qilish chora-tadbirlarini kuchaytirish;
- iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish;
- ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilash;
- eksportga ixtisoslashgan yangi tarmoq va korxonalarni barpo etish;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga qaratilgan, har
tomonlama puxta o’ylangan siyosatni amalga oshirish.
Mamlakatimizda YaIMning nafaqat miqdoran o’sib borishi, balki uning tarkibiy
tuzilmasining sifat jihatidan takomillashib borishi ham alohida e’tiborga molik. Bunga
uning o’sishiga ta’sir ko’rsatgan omillar tahlili, ya’ni qo’shilgan ulushlarning tarkibi
hamda YaIMning o’sishiga qo’shgan hissasini ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir
(17.2-jadval).
Jadvaldan ko’rinadiki, 2008 yildagi YAIMning tarkibida qo’shilgan ulushi
jihatidan xizmat ko’rsatish sohalari (30,1%), transport va aloqa (18,0%), sanoat
(17,0%), qishloq xo’jaligi (11,9%), savdo (8,4%) tarmoqlari yetakchi o’rin tutmoqda.
Shunga ko’ra, ularning YaIMning o’sishiga qo’shgan hissasi ham tegishli ravishda
2,7; 1,6; 1,5; 1,1; 0,8 foizni tashkil etgan.
17.2-jadval
|
| |